“Kasbiy ta`lim” kafedrasi



Download 5,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/437
Sana14.01.2022
Hajmi5,28 Mb.
#361068
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   437
Bog'liq
KASBIY PSILGIYA 1KURS

hodisaning  qonuniyati
 
deyiladi.  Ularda  o’zgarmas  xususiyatlar  va  qonuniyatlarning  mavjudligi 
o’zgarishlarni  oldindan  payqash,  harakatlarni  muvofiq  yo’naltirish  imkonini 
vujudga keltiradi.  
Borliqdagi  jonli  mavjudotlarning  o’ziga  xos  tarzda,  muayyan  yo’nalishda, 
ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar 
ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. 
Insonning  faolligi  boshqa  mavjudotlardan  tub  darajada  ham  mohiyat,  ham 
shakl  jihatdan  tafovutga  ega  bo’lib,  yuzaga  kelgan  ehtiyojlarning  turli  vaziyatlarda 
qondirilishida o’z ifodasini topadi.  
Jumladan,  mavjudotlar  va  hayvonlar  o’zlarining  tanasi  va  uning  a’zolari 
tuzilishiga,  instinktlarning  turli-tumanligiga  binoan,  o’z  o’ljasini  tutib  olishga 
nisbatan  intilishni  vujudga  keltiruvchi  tabiiy  imkoniyati  uni  oldindan  payqash 
sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi.  
Hayvonlar  ehtiyojlarining  qondirilishi  jarayoni  qanchalik  maqsadga  muvofiq 
ravishda  kechgan  bo’lsa,  bu  esa  o’z  navbatida,  ularning  qurshab  olgan  yashash 
muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi.  
Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar) 
yig’ish  ehtiyojlari  bilan  cheklanib  qolmasdan,  balki  bu  ehtiyojlarni  qondirish 
obyektlari  (gullarning  navlari,  ularning  uzoq  va  yaqinligi,  qaysi  tomonda 
joylashganligi,  mo’l-ko’lligi  kabilar  ham)  aks  etadi.  Shu  boisdan  mavjudotlarning 
ehtiyojlarida  ularning  faolligi  omili  sifatida  tabiiy  alomatlar,  instinktlar,  shartsiz 
reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi. 
28-rasm 
Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat 
taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi 
jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat 
elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va 
manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning 
maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va 
usullarini tashkil etadi.  
 
 
Faoliyat  muayyan  yaxlit  jarayon  sifatida  oʻzida  mavjud  olamni,  ijtimoiy 
borliqni,  amaliyotni  oʻzgartirish  va  tushuntirish  dasturi  hamda  undan  kelib 
chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi. 
Keyingi  davrlarda  faoliyat  funksiyalarining  murakkablashuvi,  turlarining 
ortishi  va  chuqurlashishi  kuzatilib,  u  ilmiy,  amaliy,  ijtimoiy  ahamiyatga  molik 


42 
 
masalaga  aylandi.  Shu  bois,  faoliyat  bir  qancha  fanlar:  psixologiya,  sotsiologiya, 
siyosatshunoslik,  ekologiya,  iqtisodiy  nazariya,  huquqshunoslik,  xususan, 
falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi. 
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki ehtiyojlarni 
qondirishdan  iborat  emas,  balki  ko’pincha  jamiyatning  maqsadi  va  talablari  bilan 
belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning anglanilganligi, unga erishish 
bo’yicha  ish  harakatlari  tajribasi  anglanilganligi  va  bog’liq  ekanligi  inson 
faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi. 
29-rasm 
 
 
Odatda  faoliyatga  ta’rif  berilganda,  birinchi  galda  anglanilgan  maqsad  bilan 
boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi 
ta’kidlab  o’tiladi.  Lekin  ushbu  belgilar  faoliyat  ta’rifini  mukammal  tarzda  ochib 
bermaydi.  Ilmiy  matnlar  tahlilining  ko’rsatishicha,  faoliyat  tushunchasi  falsafa, 
fiziologiya,  sotsiologiya,  psixologiya  fanlari  predmetidan  kelib  chiqib,  o’zaro 
qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan. 

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish