“Kasbiy ta`lim” kafedrasi



Download 5,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/437
Sana14.01.2022
Hajmi5,28 Mb.
#361068
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   437
Bog'liq
KASBIY PSILGIYA 1KURS

2.
 
Shaxsning shakllanishida 
pulning ta’siri va uni tutgan 
o’rni. 
 


165 
 
Pul topishda daromadga erishish uchun biznes reja yoki strategiya emas, balki 
o’zining  pulga  bo’lgan  munosabatini  o’zgartirishi  va  pul  psixologiyasini  yaxshi 
anglab  yetishi  kerak.  Tadbirkor  moliyaviy  farovonlikka  erishishi  uchun  aynan  shu 
murakkab vazifanni bajarishi lozimdir  
Pulga munosabat qanday shakllanadi? 
 
Ota-onangiz  va  atrofdagilargilaringiz  pul  haqida  qanday  o’ylashlari  va  uni 
qanday sarflashlari bolalikdanoq pulga munosabatni shakllantirib boradi.  
O’zingizning  orzularingiz  va  shaxsingizga  bergan  bahongiz,  ishonchingiz 
ham bu borada muhim ahamiyatga ega.  
Amerikalik  ruhshunos  Alan  Frommning  ta’kidlashicha, 
  pul  sarflash 
san’ati  bizning  xohish-istaklarimizni  boshqarish  qobiliyatimizni  ko’rsatadi,shu 
sabab    bu    san’atga    yoshlikdan,  bolada  pulga  qiziqish  paydo  bo’lgan  davrdan 
o’rganish  kerak.  Muhimi,  pulga  ortiqcha  muhabbat  qo’yish  ,  pul  bilan  qo’rqitish, 
pulga  zoriqtirish  insonlar  o’rtasidagi  samimiy  munosabatlardan  uzoqlashtiradi. 
Bolalarning ko’zini pulning oddiy vosita ekanligiga o’rgatish zarur. 
Pul  bizning  hayotimizda  qanday  ma’noga  ega?  Kim  uchundir  pul  -  bu 
ozodlik,  kimgadir  hukmronlik  va  yana  kimgadir  rohatlanishdir.  Shu  bilan  birga 
hamma  pulga  ehtiyoj  sezadi,  usiz  inson  bir  kun  ham  yashay  olmaydi.  Pulsiz 
qolishdan yomon narsaning o’zi yo’q. 
Pulga  munosabat  qanday  shakllanadi?  Ko'pincha  u  ota-onangiz  va 
atrofingizdagilarning sizga ko'rsatgan ibrati orqali tarbiyalanib boradi. Ularning pul 
haqida  qanday  o'ylashlari  va  uni  qanday  sarflashlari  bolaligingizdanoq  sizda  pulga 
munosabatni  shakllantirib  boradi.  Va  albatta,  o'zingizning  orzularingiz  va 
shaxsingizga bergan bahongiz, ishonchingiz ham bu borada muhim ahamiyatga ega. 
Pul masalasida farzandlarga uch xil tarbiya beriladi: "Pul  - yomon narsa. Usiz ham 
yashasa  bo'ladi".  "Pul?  U  nima  o'zi?"  (ya'ni  ota-onalar  ma'lum  yoshga  etguncha 
bolalar  pul  nimaligini  umuman  bilmaganlari  ma'qul,  deb  hisoblaydilar).  "Pul  -  bu 
jiddiy  masala.  Uni  ishlatishni  bilish  kerak".  Bu  -  eng  to'g'ri  tarbiya.  Ko'p 
insonlarning  ongi  yoshligidanoq  qashshoqlikka  tayyorlab  boriladi.  Maktabda  "pul 
qaerdan  paydo  bo'ladi?"  degan  savolga  javob  berilmaydi.  Shuning  uchun  bola 
maktabni pul haqida sodda va ko'pincha noto'g'ri tasavvurlar bilan bitirib ketadi. U 
butun  umr  pul  haqidagi  oddiy,  ammo  juda  muhim  tushunchalardan  bexabar 
yashayverishi  mumkin.  Oqibatda  nima  xohlayotganini  o'zi  ham  bilmaydigan 
noshudga  aylanadi.  Tagi  teshilgan  etikda  yurib,  xaroba  uyda  yashab,  inson  asta-
sekin  qashshoqlikka  ko'nikib  qolishi  mumkin.  O'zining  qashshoqligida  dunyoni 
ayblayverib,  oxiri  o'zi  bilan  o'zi  ovora  maydakash,  alamzadaga  aylanadi.  Kuzatib 
turib, odamlarning ko'pchiligi butun umr o'zini-o'zi qashshoqlashtirib borayotganiga 
guvoh bo'lish mumkin. Ular g'ayrishuuriy tarzda kambag'allik odatlariga amal  qilib 
boradilar.  Arzimas  haq  to'lanadigan  ish  uchun  jonlarini  jabborga  berib  ishlaydilar. 
Aslida  esa  aksincha  bo'lishi,  o'ynab-kulib  qilgan  ishlari  uchun  katta  pul  olishlari 
lozim  edi.  Ular  keng  tarqalgan,  ammo  noto'g'ri  bir  qoidaga  amal  qiladilar,  ya'ni 
"boshqalar mening mehnatim bahosi qanchaligini biladilar" deb o'ylaydilar.  
Ular  pul  jamg'arish  nima  ekanligi  haqida  umuman  tasavvurga  ega  emaslar. 
Topilgan mablag'ni darhol joy-joyiga sarflash - mana ularning asosiy shiorlari. Pulni 
biror  ishga  jalb  qilish,  aylantirib,  foyda  olish  haqidaku,  umuman  gapirmasa  xam 


166 
 
bo'ladi. Pulini topgan zahoti mayda-chuydalarga sarflab yuboradiganlarda moliyaviy 
investitsiya uchun imkon ham bo'lmaydi-da!  
Aslida mablag'ni kun sayin ko'paytirib borish juda mushkul ish emas. Ammo 
hech  narsa  qilmay,  qo'l  qovushtirib  o'tirish  baribir  osonroqda!  Har  oyda  ma'lum 
mablag'ni  tejab  borish  nahotki  shunchalar  qiyin  bo'lsa?  Yo'q,  unday  emas.  Ammo 
bir necha lahzalik lazzat uchun pul sarflash oson.  
Muvaffaqiyatga  erishishgan  odam  hech  qachon  "katta  pul  topish  mumkin 
emas",  deb  o'ylamaydi.  Kambag'al  odam  esa  kichik  miqdordagi  pulni  topish 
osonroq, deb o'ylaydi. 
Qo'lingizda kutilmaganda katta mablag' paydo bo'lib qolishi mumkin. Xalqda 
buni  "ahmoq  pullar"  deyishadi.  Asosiysi,  ularni  to'g'ri  ishlata  bilish.  Boshlang'ich 
katta kapitalga ega bo'lganlarning ko'pchiligi bugunga kelib hech kim emas. Chunki 
ular  qo'llarida  bor  imkoniyatni,  boshlariga  qo'ngan  omad  qushini  uchirib 
yuborganlar,  ya'ni  pul  sarflashni  bilmaganlar.  Sportchi,  fotomodel,  estrada 
qo'shiqchilarini oling. Bu kasblarning umri uzoq emas, ammo daromadi katta. Lekin 
katta  daromad  olish,  bu  hali  badavlat  turmush  kechirish  degani  emas.  Dunyo 
tajribasidan  ma'lumki,  bunday  yulduzlarning  ko'pchiligi  umrlarini  ayanchli  bir 
tarzda  tugallaydilar.  Chunki  ular  pul  sarflashni  bilishgan,  uni  ko'paytirishni  esa 
bilishmagan. Ahamiyat bering. Pele bilan bir komandada Garrincha ismli futbolchi 
ham o'ynardi. Uning Peledan hech kam joyi yo'q, ba'zi o'rinlarda hatto undan ustun 
ham edi. Ammo Pele futbolni tugatib, nafaqaga chiqqach, pullarini foydali biznesga 
jalb  qildi  ("Kafe  Pele"ning  reklamasini  eslaysizmi?)  va  farog'atda  yashab  yuribdi. 
Garrincha  esa  pullarini  ichib  tugatdi  va  umrining  oxirini  ko'chalarda  daydib 
o'tkazishga  majbur  bo'ldi.  Teng  imkoniyatga  ega  bo'la  turib,  ularning  biri  pul 
topishni bildi, boshqasi esa faqat sarflashni. Ha, odam qashshoqlik psixologiyasiga 
ega bo'lsa, hech nima qila olmas ekan. Faqat pul sarflashi mumkin, xolos. Pullarni 
saqlab qolish uchun ularga munosabatingizni o'zgartirishingiz lozim. 
Aksari  odamlar  so‘rashdan  qo‘rqishadi,  jazm  etganlarida  esa  shijoat 
yetishmaydi. Bu ulkan xatodir.
 
Bir  xil  odamlar  hech  qanday  sirga  ishonmaydilar.  Ular  boy  bo‘lishlariga 
ishonmaydilar. Va ular to‘g‘ri qiladilar. Chunki omad, unga ishonganlargagina kulib 
boqadi. Shunday harakat qilignki, o‘z kuchingizga ishonch, so‘ng maqsadga yetish 
uchun kuchli istak bo‘lsin.
 
Agar  inson  har  tomonlama  mos  sharoitlarni  kutib  yashasa,  u  hech  qachon 
hech  narsa  qila  olmaydi.  Harakatlanish  uchun  ideal  vaqt  –  hozir!  Hayotda 
muvaffaqiyat  qozonish  uchun  inson  boshqa  tanlash  imkoniyati  yo’qligini,  devorga 
borib  tiralganini  sezishi  lozim.  Agar  sen  ikkilansang,  unim  yo’q,  bunim  yo’q,  deb 
tavakkal qilishni istamasang, hech narsaga erisha olmaysan.
 
Hamma buyuk narsalar – oddiylikdadir ! (Motsart) .
 
Agar  siz  qayoqqa  ketayotganligingizni  bilmasangiz,  hech  qaerga  bora 
olmaysiz.
 
O’z talablaringni to‘g‘ri ifodalay olishni eplash kerak. Birinchi navbatta, ular 
mutlaqo aniq bo‘lishi shart!
 
Hayot  undan  nima  kutayotganingni  bilishni  istaydi.  Agar  hech  narsa 
so‘ramasang, hech narsa ololmaysan.
 


167 
 
Hayotimiz - biz uni qanday tasavvur etsak, huddi shunday.
 
Istak  -  bizning  fikrlarimizni  qo‘llovchi  va  yo’naltiruvchi  hisoblanadi. 
Istagingiz qancha kuchli bo‘lsa, istayotgan narsangiz hayotingizda shu qadar 
tez paydo bo‘ladi.
 
Kuchli istak – kerakli omil, lekin yetarli emas. Sizga nima yetishmaydi, bu  - 
ishonch! Siz millioner bo‘lishingizga ishonishga majbursiz!
 
Ishonchni  paydo  qilishning  yagona  yo’li  -  so‘zlarni  takrorlash.  So‘zlar, 
bizning  ichki  va  tashqi  hayotimizda  ulkan  kuchga  ega.  So‘zlar  va  fikrlar  ulkan 
kuchga ega, buni unutmang .
 
Tajriba  –  nazriyaga  qaraganda  ancha  yaxshi  o‘qituvchi.  Gyote  shunday 
degan: ”Nazriya mening do‘stim, hayot daraxti esa abadiy yashildir".
 
Har qanday vaziyatda muammolar sizni chalg‘itishiga yo’l bermang .
 
Sizni  uzun,  og‘ir  yo’l  kutmoqda,  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lguningizga  qadar 
hech  qachon  ortga  chekinmang,  shunda  sizga  so‘z  beramanki,  natija  sizning 
qanchalik kuch sarflashingizga yarasha bo‘ladi.
 
Hamma narsa sizning fikrlash doirangizga bog‘liq.
 
Yodda tuting : tahdid sizga emas, boshqa birovga qaratilgan. Agar istasangiz, 
muammolar sizga emas, boshqa birovga qaratiladi.
 
Hayot , bu - ichki dunyomizning ko‘zgudagi aksidan boshqa hech narsa emas.
 
Aynan  ishonch  –  har  qanday  muvaffaqiyatning  buyuk  siri  sanaladi.  Agar  u 
yoki  bu  maqsadga  erishishingizga  ishona  olsangiz,  siz  bu  qobilyatga  ega  bo‘lasiz 
ham.
 
Ichki  hissiyot  qanchalik  kuchli  bo‘lmasin,  u  haqiqatni  yolg‘ondan  ajrata 
ololmaydi.
 
Ba’zilar  o‘z-o‘ziga  tinmasdan,  omadsizlar  oilasida  dunyoga  kelganligim 
uchun  yoki  bir nech muvaffaqiyatsizliklarga duchor bo‘lganim  uchun hech qachon 
yuksklikka  erisha  olmayman,  deb  takrorlashadi.  Bu  insonlarning  ketma–ket 
omadsizlikka  uchrashlariga  sabab  –  ularda  muvaffaqiyat  uchun  yetarli  darajadagi 
sifat 
yo’qligi  emas,  balki  ongsiz  ravishda  o‘zlarini  omadsiz  qilib 
tasvirlayotganlaridir. 
 
 
 
Qadimda  odamlar  o’z  ehtiyojlarini  qondirishda  bir-birlari  bilan  tovar 
almashishgan.  Lekin  bu  ayirboshlash  tengmikan  degan  shubha  ularni  havotirga 
solgan.  Bu  jarayon  yagona  tovar  ya’ni  pulni  joriy  qilgunga  qadar  davom  etgan. 
Bugungi kunda pulsiz olamni tasavvur qilish mumkin emas. 
         Iqtisodiy kategoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy 
vositalaridan  biri  pul  bo’lib,  bozor  iqtisodiga  o’tish  va  unda  ish  yuritishda  uning 
o’rni  va  ahamiyati  yanada  oshib  boradi.  Bir  qator  iqtisodiy  adabiyotlar  tahliliga 

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish