Millionerlar o’zlarini boy hisoblamaydilar
Millionerlarning hech biri eng boy odam bo’lishni oldilariga maqsad qilib
qo’ymaganlar. Pul ular uchun sevimli ishlari bilan shug’ullanishlarida bir vosita
xolos. Yoki bonus! Ular birinchi navbatda mukammal mahsulot yaratishni, o’lmas
asar yozishni yoki yangi g’oya yaratishni o’ylaydilar, boylikka erishish esa ikkinchi
o’rinda.
Millionerlar boy ko’rinishga urinmaydilar
Barchaning ko’zini yal-yal yondirish yoki so’nggi rusumdagi mashinada o’zini
ko’z-ko’z qilish osongina boyib qolgan “yangi boy”larning ishi, aslo haqiqiy
millionerlarning emas. Haqiqiy boylar bunday oliftagarchilikka mutlaqo befarqlar.
Ular asosiy diqqatlarini biznes yoki o’z ishlariga qaratganliklaridan g’ijim shimlari
haqida atrofdagilarning gap-so’zlariga e’tibor berishga ham vaqtlari yo’q.
161
Do'stlaringiz bilan baham: |