Ekstraversiv tip
-
o`ta kirishimli bo`lib, bunday odamlarning do`stlari va
tanishlari juda ko`p bo`ladi. Bunday odamlar ezmalik darajasigacha ko`p
gapiradilar, har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib olish mumkin. Bu
toifadagilar do`stlar davrasida, ishda, oilada, ko`pincha yetakchilikda boshqalarga
yon bosib, boshqalarga bo`ysunishni va chetda turishni afzal ko`radilar. Ular
o`zgalarni diqqat bilan eshitishga tayyorlik, so`rashgan narsani bajarish kabi ijobiy
xislatlarga egadirlar. Salbiy tomonlari: ta’sirga beriluvchan, engiltabiat, maishatga
o`ch, ig`vo va g`iybatlarni tarqatishda ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |