Burchak pozitsiyasi.
A
B
Bu pozitsiya suhbatdoshning koʻzi va uning xatti-harakatlari, jestlarini
bemalol koʻrish imkonini berib, uning oʻz shaxsiy qiymatini sezishiga, ochiq,
samimiy va erkin muloqot qilishiga sharoit yaratadi. Siz bu bilan
suhbatdoshingizga hurmat va doʻstona munosabatingizni namoyish etasiz.
Hamkorlik pozitsiyasi.
B A
Suhbatdoshlarning toʻliq oʻzaro tengligi va oʻzaro ishonchini bildiradi.
Mehmonni oʻz hududiga kiritar ekan, mezbon muammoni hal qilishdagi umumiy
manfaatdorlikni tahkidlaydi. Koʻpincha bu holatda doʻstlar va bitta umumiy ish
bilan mashgʻul kishilar oʻtirishadi. Bu muloqotda ikkala qatnashchining samimiy
ochiq suhbati uchun norasmiy muhit yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |