1.5. Yosh davrlari va muloqot
Goʻdaklik davrida muloqot:
Tabiatda inson bolasigina ojiz va kattalarning
gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlib tugʻiladi. Lekin inson farzandiga berilgan eng katta
imkoniyat bu uning oʻrganishga boʻlgan ehtiyojidir. Aytish mumkinki, odam bolasi
oʻrganishga “dasturlangan” holda tugʻiladi. SHu tufayli qisqa vaqt ichida u juda
koʻp bilimlarni oʻzlashtiradi.
Olimlar 3 yoshgacha boʻlgan davrni inson yoshidagi “eng muhim davr” deb
tahkidlashadi. Zero mana shu qisqa davr ichida inson butun umri davomida
oʻrganishi kerak boʻlgan bilimlarning taxminan 70 foizini oʻzlashtirar ekan. Tilni,
nutqni oʻrganishning oʻziyoq gʻoyat katta salmoqli bilimlarni oʻzlashtirishni talab
qiladi.
Bugungi kunda olimlar XXI asrda dunyoga kelayotgan chaqaloqlar orasida
gʻayritabiiy qobiliyatga ega boʻlgan bolalar koʻplab tugʻilayotganligini
tahkidlashadi. Bunday bolalarni ekstrasens Nensi Enn Tepp tahbiri bilan aytganda
“Indigo bolalar” deb atashadi
1
. Ayniqsa, 1990 yildan soʻng “indigo bolalar” haqida
koʻplab kitoblar va filg’mlar yaratilgandan soʻng bu atama keng ommalashdi.
“Indigo bolalar”ning oʻziga xos xususiyatlari:
odamoviligi, muloqotga kirishishdan qochish, oʻz “men”ligini yuqori
baholash, individuallik, boshqalarga boʻysunmaslik, avtoritetlarni tan
olmaslik;
yuqori darajadagi intelekl bilan birgalikda katta ijodiy potentsial;
bilimlarni empirik yoʻl bilan egallashga moyillik, bir-biridan uzoq
boʻlgan predmetlarga boʻlgan qiziqish;
betoqatlik, gʻayratlilik, diqqat tanqisligi;
impulg’sivlik, kayfiyatning tez-tez oʻzgarib turishi, depressiyaga
moyillik;
ijtimoiy adolatsizlikni his qilish, yuqori darajadagi mashuliyat;
1
(“Индиго” термини рангга нисбат берилади, яъни бундай болалар атрофида индиго рангли аура
бўлади, - деб ҳисоблашади).
27
anhanaviy tarbiya vositalarini qabul qilmaslik;
intuitsiyaning, xavf hissining rivojlanganligi;
Raqamli texnologiyalarni tez oʻzlashtirishga boʻlgan qobiliyat.
2
Ammo, bahzi olimlar bu hodisani “ilmiy qarashlardan yiroq toʻqima
nazariya”,-deb hisoblashadi. “Indigo bolalar”ning oʻziga xos xususiyatlarini esa
ular bolalarda uchraydigan “giperaktivlik” hodisasi bilan tushuntirishadi.
CHaqaloqlik davrida kattalar bilan muloqot behvosita bolani qoʻlga olish
orqali amalga oshiriladi. Bola qoʻlga olinganda aloqa bogʻlanadi, qayta
qoʻyilganda esa aloqa uziladi, u yigʻlay boshlaydi. Olimlarning tahkidlashlaricha
bola psixologik jihatdan mehyorida rivojlanishi uchun ona uni kun davomida
kamida 30-35 marotaba qoʻlga olishi kerak ekan. SHuni aytish joizki, aynan
onaning bolaga qoʻl tekkizib turishiga boʻlgan ehtiyoj butun umr davomida
saqlanib qoladi va tarbiya vositalaridan biri sifatida ehtirof etiladi. Mutaxassislar
vaqti – vaqti bilan bolaning boshini silash yoki yelkasidan qoqib qoʻyish u bilan
boʻladigan ishonchli muloqotni tahminlab turuvchi vosita ekanligini ehtirof
etishadi. Millatimizda bu tajriba azaldan mahlum boʻlgan, keksa avlod vakillari
boʻlgan otaxonlarimiz, ayniqsa buvijonlarimiz farzand bilan muloqotda albatta bu
qoidaga amal qilishgan.
Bola predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali
bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qoʻllash orqali oladi. Bu yerda kattalar bolaga
qanday talablar qoʻyishlari muhim oʻrin tutadi. Kattalar agar bola bilan kam
muloqotda boʻlsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin.
Muloqotga boʻlgan ehtiyoj bolada oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi, balki predmet
faoliyati boʻyicha kattalarning muloqoti orqali oʻsadi.
Bolaning hali “tili chiqmagan” paytdayoq unda “ichki nutq” paydo boʻladi.
Biror bir aniq jumlani aytolmasa ham chaqaloqda gapirish istagi paydo boʻladi.
SHu davrda oiladagi kattalar, ota-ona, aka – opalar bolaga qancha koʻp gapirsa,
unda ichki nutq shuncha mukammal shakllanadi. Hatto bu narsa uning kelajakda
nutqining boy boʻlishiga, xarakter xususiyatlarining shakllanishida ijobiy rol
2
Википедия. ru.wikipedia.org…
28
oʻynaydi.
Kattalar tomonidan boʻladigan toʻgʻri muloqot chaqaloqda muloqotga
boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv
(faol) shaklda boʻladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab
kattalarning yuziga va koʻzlariga qarashdan boshlanadi. Bir yarim-ikki oylikda
bola kattalarning jilmayishiga oʻzining kulgusi bilan javob qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |