Savol va topshiriqlar:
1. X.K.Andersen ijodi haqida nimalar bilasiz?
2.“Duyumchaxon” ertagidagi timsollarini bilasizmi?
3.“Irkit o`rdakcha” ertagining matni ustida ishlash qiyinchiliklari haqida gapirib
bering.
4. Andersen ertaklarining xususiyati nimada?
5. “Bolalar gurungi” ertagining g’oyasi haqida so’zlang.
6. “Familiyasi „sen“ bilan tamomlanadigan kishilar” deganda muallif kimlarni
nazarda tutgan deb o’ylaysiz?
AKA-UKA GRIMMLAR
Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859)
Grimmlar
Germaniyaning
Frankfurt-Mayn
shahri
yaqinidagi Xanau shaharchasida tug’ilgan. Ular Kasseldagi
o’rta
maktabni
tugatishgandan
so’ng
Marburg
universitetining huquq fakultetiga o’qishga kirdilar.
Marburg universitetida o’qib yurgan chog’laridayoq nemis
tarixi va madaniyati, huquq va morfologiyasi, xalq og’zaki
ijodi hamda til va adabiyot bilan shug’ullana boshladilar.
Ayniqsa ular K. fon Savini yordamida tarix va filologiyani chuqur o’rgandilar.
Savini ularda ushbu fanlarga qiziqish uyg’ota oldi va kelajakda aka-ukalar xalq
og’zaki ijodini o’rganishni maqsad qilib oldilar. O’qishdan so’ng Yakob professor
Savini bilan birga Parijga qadimiy qo’lyozmalarni qidirish ushun yo’l oldi. 1808
yilda Yakob o’sha paytlarda Vestfaliya qiroli bo’lgan Jerom Bonapartning shaxsiy
kutubxonachisi bo’ldi. Sakkiz yildan keyin ukasi Vilgelm kotib bo’lib ishlayotgan
Kassel kutubxonasiga kutubxonachi sifatida qaytib keldi. Ular bu erda juda ko’p
ishlarni amalga oshirdilar. Xalq og’zaki ijodiga mansub ertak va afsonalarni
yig’dilar.
O’qish, o’z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo’li bo’ldi. Yakob
nemis tili tarixi grammatikasi bilan mifologiyani, Vilgelm esa nemis adabiyoti va
xalq og’zaki ijodini o’rgana boshladilar. Nemis xalq og’zaki ijodining gullab-
yashnashiga, olam kezishiga bir ko’prik yasadilar. Nihoyat, 1812-yilda Grimmlar
tomonidan yaratilgan ertaklarning birinchi jildi „Bolalar va oilaviy ertaklar“
yuzaga keldi. 1815-yilda ikkinchi jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni
umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi. 1816-1818 yillarda “Nemis xalq
ertaklari” deb nomlangan kitoblari nashr etildi. 1830 yilda aka-ukalar Gyottingen
universitetida talabalarga filologiyadan saboq berdilar. Keyinchalik, yaniy 1840
yilda Prussiya qiroli Fridrix Vilgelm IV tomonidan Berlin Fanlar Akademiyasi
a’zosi etib tayinlandilar.
Grimmlar ertaklarning ko’pchilik qismini bevosita ertak aytuvchilardan
tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan
27
olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus berilib,
yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildlik kitoblariga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan
bo’lib, unda mualliflar ko’proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi
ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda saxiylik,
mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qo’rqoqlar ustidan kulish,
dangasalik va yolg’onchilikni qattiq qoralash birinchi o’rinda turadi. Shunisi ham
quvonchliki, ko’pincha, bu ertaklarning asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar
emas, balki kambag’al, beva-bechoralarning o’g’il-qizi, cho’pon yoki askar
bo’ladi. Ular o’zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot
qoldiradilar.
Aql bilan ish ko’rish, bilimdonlik mavzulari „Tilla g’oz“, „Shishadagi arvoh“,
„Uch aka-uka“ ertaklarida yaxshi aks ettirilgan.
Grimmlarning dunyoga mashhur bo’lgan „Zolushka“, „Qorqiz“ ertaklarining
qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so’kish eshitadigan va eng past, qiyin
yumushlarni bajaradigan qizlar bo’lib, ertak davomida o’zlarining halol
mehnatlari, yoqimli so’z va tabassumlari bilan baxtiyor bo’ladilar.
„Yalqov Geys“,, „Gansning baxti“, „Botir tikuvchi“, „Yosh pahlavon“,
„Bremen musiqachilari“ kabi ertaklari o’zbek bolalarining ham sevimli asarlariga
aylanib qolgan.
«Yo pahlavon» ertagidagi botir obrazi kichik maktab yoshidagi bolalarda
katta qiziqish uyg’otadi. U halol, pok inson. U rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shaydosi.
Shu sababga ko’ra u yo’lida uchragan har qanday to’siq va g’ovni shoshilmay,
jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi.
«Botir tikuvchi»ning syujeti ko’pchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon
bir nechta pashshani bir urishda nobud qilish bilan o’ziga o’zi botir, dovyuraklik
tamg’asi – shiorini yozib yelkasiga osib oladi. U o’z baxtini, taqdirini sinab
ko’rish, peshonasida borini qo’lga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Botir tikuvchi tadbirkor, epchil-chaqqon. Yotib qolguncha otib qol qabilida
dovyuraklik bilan ish ko’rish unga katta shuhrat keltiradi. Puxta-pishiqligi bilan
g’orda behisob devlar ustidan g’olib chiqadi. Dev ko’tarib olgan daraxt shoxlari
ustida qush kabi o’tirishi, devning savollariga qo’rqmay, ustalik bilan javob berishi
asrlar osha kitobxonni hayratga solib kelmoqda.
Botir tikuvchi uchun og’ir sinov o’rmondagi ikki pahlavon bilan «olishuv»
bo’ldi. Podsho tomonidan ikki pahlavonni mag’lub qilish vazifasini olgan botir
tikuvchi tavakkal qilib yo’lga tushadi. Ustilariga tosh tashlash bilan ular o’rtasida
nifoq chiqaradi. Ikki jangchi bir-birini tosh bilan urib nobud qiladi.
O’rmondagi shoxdor mahluqni mag’lub qilgan ertaklardagi kabi tadbirkor
yigit bilimdonlik, o’ylab ish ko’rish bilan shoxdor mahluq ustidan g’olib chiqadi.
Botir tikuvchining yumshoq so’zligi, muloyimlik bilan ish ko’rishi yosh
kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Ularda ham xuddi o’sha botir tikuvchi kabi
yetuk insonlar bo’lishga, botir, pahlavon bo’lishga havas uyg’otadi.
Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida eng avvalo,
mehnatkashlik, mehnatga muhabbat g’oyasi ilgari suriladi. Ikkinchidan, har qanday
holda ham, har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham o’sha qahramon chora
28
qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo’lidan boradi va ofatdan qutiladi. Masalan,
«Tulki bilan G’ozlar»ni olaylik. Tulki kabi hiyla va makr ishlatadigan jonivor
bo’lmasa kerak. Aka-uka Grimmlar unga qarama-qarshi qilib g’ozlar obrazini
yaratadi.
G’ozlar har doim chorasiz – bo’sh, beg’am hayot kechiradilar. Aka-uka
Grimmlar vaqti kelganda o’sha boqi beg’am g’ozlar ham sergak, tetik, tadbirkor,
ishbilarmon bo’lib ketishlarini, hayotda o’zlarini himoya qila bilishlarini, olg’ir,
muttaham tulkilarni ham dog’da qoldirishlarini mazkur asarda ishonarli tarzda
tasvirlab berganlar.
Tulki o’tloqda yurgan g’ozlarni yemoqchi bo’ladi. Ular o’limlari oldidan bitta
qo’shiq aytib, so’ngra tulkiga yem bo’lishlarini so’raydilar. Ammo uzundan-uzoq
«g’a-g’a»lari tulkini zerikatiradi, uning tinka madorini quritadi, axiyri g’oz –
o’ljadan voz kechishga majbur bo’ladi. Quyida ushbu ertak matnini keltirishni
o’rinli deb bildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |