9
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga
ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va
kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi;
- insonlar orasidagi jamiyatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi
huquqiy va axloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;
- axborotni to’plash, tahlil qilish, saqlash, ularga ishlov berish va unumli foydalanish
metodlarini egallash; o’zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va kerakli qarorlar
qabul qila olishi;
- bakalavriatning mos yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka
ega bo’lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, o’zini takomillashtirish va o’z mehnatini
ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
- sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan baquvvat va sport bilan shug’ullanib
borish zarurati haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo’lishi;
- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim
olishi kerak.
Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fani o’qituvchisi doimo o’z
‘edagogik mahoratini oshirib, uni san’at darajasiga yetkazib borishi kerak. O’z fikrini
tushunarli, ko’rgazmali ifodalay bilishi, jahon va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi voqealarga o’z munosabatini bildirishi, ta’lim berishga ijodiy yondoshuvni
rivojlantirib borishi kerak.O’qituvchining ijodiy yondoshuvi talaba tomonidan yo’l harakati
qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslarini o’rganishga ijodiy yondoshuvining bevosita
shartidir.Odatdagi ma’ruza darslarining an’anaviy tarzda, ilg’or pedagogik usullarsiz olib
borilishi talabadan faollik talab qilmaydi. Darsni o’zlashtirish ham osonday tuyuladi, fanga
nisbatan qiziqish uyg’onmaydi. Muammoli holatlarning yaratilishi, aniq misollar yordamida
masalalarning yechilishi, talabani fanga qiziqtirish, uning faolligini oshirib, kengroq
fikrlashga, maqsadga qarab intilishga, kerakli bilim va ko’nikmalar hosil qilishga yordam
beradi.
Res’ublikamizda yetakchi olimlar tomonidan bu sohada munosib ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, Toshkent avtomobil-yo’llar institutida choр etilayotgan yangi
darsliklar, o’quv qo’llanmalar talaba va o’qituvchilarning bu boradagi ehtiyojlariga
qaratilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma beshta qismdan iborat bo’lib, ular sillabus, ishchi
o’quv reja, namunaviy va ishchi o’quv dastur, modulni o’qitishda foydalaniladigan interfaol
ta`lim metodlari, mahruza materiallari (mahruza matni, adabiyotlar ro’yxati, mustaqil ta`lim
mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va laboratoriya
mashg’ulot materiallari (laboratoriya ishlari, namuna, adabiyotlar ro’yxati, keyslar banki,
test savollari)dan tashkil to’gan. Maruza va amaliy mashg’ulotlar materiallari semestrlarga
ajratilgan holda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: