Termiz davlat universiteti texnika fakulteti


-Mavzu. Transport vositalaridan foydalanish tartibi



Download 6,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/352
Sana14.01.2022
Hajmi6,83 Mb.
#360191
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   352
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari

 
8-Mavzu. Transport vositalaridan foydalanish tartibi. 
Reja. 
1. Transport vositalarini boshqarishni o’rgatish 
2. Odam tashish 
3. Yuk tashish 
4.Velosiped va aravalar harakatlanishi, shuningdek, hayvonlarni haydabo’tishga doir 
qo’shimcha talablar 
 
  Tayanch  iboralar
:Transport  vositalarini    boshqarishni  o’rgatish.  Odam  tashish.   
Yuk tashish.     Velosiped   va aravalar harakatlanishi, hayvonlarni haydab o’tishga 
doir  qo’shimcha  talablar.  Mansabdor  shaxslar  va  fuqorolarning  yo’l  harakati 
xavfsizligini ta`minlash bo’yicha vazifalari. 
 
Transport vositalarini boshqarishni o’rgatish 
Transport  vositalarini  boshqarishni  dastlabki  o’rgatish  yo’iq  maydonchalarda 
yoki avtodromlarda o’tkazilishi kerak. 
Yo’llarda boshqarishni o’rgatishga faqat yo’riqchi ishtirokida, o’rganuvchi dastlabki 
boshqaruv malakasini yetarlicha egallagandan so’nggina ruxsat etiladi.  


56 
 
O’rganuvchi qoidalartalablarini bilishi va ularga amal qilishi shart. 
Boshqarishni  o’rgatayotgan  yo’riqchi  o’rgatish  huquqini  beruvchi  hujjatga,  shu 
toifadagi trans’ort vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va u bevosita 
3 yillik haydovchilik faoliyatiga ega bo’lishi kerak. 
Haydovchilarni  tayyorlash  mashg’ulotlari  o’quv  yakunida  avtomobil  boshqarishni 
o’rganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va trolleybus boshqarishni o’rganuvchi 21 
yoshga,  mototsikl  boshqarishni  o’rganuvchi  esa  16  yoshga  to’ladigan  shaxslar  bilan 
olib boriladi. 
Boshqarishni o’rgatish uchun mo’ljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni 
o’rgatish  transport  vositasi”  taniqlik  belgisi  va  yo’riqchi  uchun  orqani  ko’rsatuvchi 
ko’zgu  bilan  jihozlanishi  kerak.  Bundan  tashqari  boshqarishni  o’rgatish  transport 
vositalarida yo’riqchi uchun qo’shimcha ulovchi (stsepleni) va to’xtatish te’kilari ham 
bo’lishi kerak. 
Boshqarishni  o’rgatish  yo’nalishlari  Davlat  avtomobil  nazorati  organlari  bilan 
kelishilishi shart. Boshqa yo’llarda boshqarishni o’rgatish taqiqlanadi.[12] 
Odam tashish 
Yuk  avtomobilining  yukxonasida  odam  tashish  “S”  toifasidagi  transport 
vositalarini  boshqarish  huquqiga  ega  bo’lgan,  odamlar  soni  kabinadagilarni  ham 
qo’shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo’lganda esa “S” va “D” toifasidagi transport 
vositalarini boshqarish huquqiga ega bo’lgan va shu toifadagi transport vositalaridan 
birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. 
Eslatma:  Harbiy  haydovchilarning  yuk  avtomobillarda  odam  tashishga  yo’l 
qo’yish  Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Odam tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligidan 
30 santimetr pastda joylashgan o’rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa botdagi 
o’rindiqlar mustahkam suyanchiqqa ega bo’lishi kerak. 
Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o’rindiqlar sonidan oshmasligi kerak. 
Harakatni  boshlashdan  oldin  haydovchi  yo’lovchilarga  avtomobilga  chiqish,  undan 
tushish va unga joylashish tartibi haqida  tushuntirish berishi kerak. 
Haydovchi  harakatni  boshlashdan  oldin  yo’lovchilarni  xavfsiz  tashish  sharoiti 
tahminlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Odam  tashishga  moslashtirilmagan  yuk  avtomobillarning  yukxonasida  faqat  yukni 
olish  uchun  borayotgan  yoki  uni  kuzatib  borayotgan  shaxslarning  bo’lishiga  yo’l 
qo’yiladi,  bunda  ular  bortlardan  pastda  joylashgan  o’rindiqlar  bilan  taminlanishlari 
kerak. 
Avtobuslarda  yoki  furgon  yukxonali  yuk  avtomobillarida  bolalarni  tashishda 
katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa 
kamida ikki nafar katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs bo’lishi shart. Bunday trans’ort 
vositalarining  oldi  va  orqa  tomoniga  “Bolalar  guruhini  tashish”  taniqlik  belgisini 
qo’yish kerak. 


57 
 
Haydovchi  transport  vositasi  to’la  to’xtagandan  keyin  odamlarni  tushirishi  va 
chiqarishi,  eshiklar  yo’ilgandan  so’nggina  harakatlanishni  boshlashi  va  to’la 
to’xtamaguncha ularni ochmasligi shart. 

Download 6,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish