Termiz davlat universiteti texnika fakulteti



Download 6,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/352
Sana14.01.2022
Hajmi6,83 Mb.
#360191
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   352
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari

Orqaga harakatlanish 
Transport vositasini o’rganish uchun boshqarish. 
Qatnov qismida majburiy to’xtaganda haydovchi transport vositasini Qoidalarning 9 – 
bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun mo’ljallangan bo’lakka 
(qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o’ng tomonga) olib chiqishning barcha 
choralarini ko’rishi kerak. 
 
Turar – joy dahalarida harakatlanish 
Turar  –  joy  dahalari  (kirish  va  chiqish  5.38.  va  5.39.  belgilari  bilan  belgilangan 
hududlar)da  piyodalarga  trotuarlar  hamda  qatnov  qismida  harakatlanishiga  ruxsat 
etiladi.  Bunda  piyodalar  imtiyozga  ega  bo’ladilar,  biroq  ular  trans’ort  vositalarining 
harakatlanishiga asossiz halaqit bermasligi kerak. 
Turar – joy dahalarida: 
Mexanik transport vositasini boshqarishni o’rgatish; 
Yurgizgichni ishlab turgan holda to’xtab turish; 
Ruxsat etilgan to’la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo’dgan yuk avtomobillarining maxsus 
ajratilgan,  belgi  yoki  chiziqlar  bilan  belgilangan  joylardan  tashqarida  to’xtab  turishi 
taqiqlanadi. 
Turar – joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek, ushbu  
hududdagi  inshoot,  qurilma  va  o’simliklarning  shikastlanmasligini  tahminlashlari 
zarur. 
Turar – joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga 
yo’l berishlari kerak. 
Ushbu bo’limdagi talablar hovlili hududlarga ham tegishlidir. 
Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish 
1.13.  va  1.14.  belgilari  bilan  belgilangan  qiyaliklarda  yo’lda  qarama  –  qarshi 
yo’nalishlarda  harakatlanishni  qiyinlashtiradigan  biron  bir  to’siq  bulsa,  nishablikka 
harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi yo’l berishi kerak. 
Tik  nishablikda,  dovonda  va  1.13.  belgisi  o’rnatilgan  yo’lda  to’xtatish  tizimi 
ishlamay qolgan trans’ort vositalari o’z harakatini to’xtatish uchun 5.40. belgisi bilan 
belgilangan falokatli holatlar uchun yo’lga  kirishlari shart. 


52 
 
Yo’lning  1.13.  “Tik  nishablik”  yo’l  belgisi  bilan  belgilangan  qismida  uzatma 
yoki  tishlashish  mehanizmini  ajratilgan  holatda  harakatlanish  taqiqlanadi.
 
Belgilangan yo’nalishdagi transport vositalarining  imtiyozlari 
Tramvay yo’li chorrahadan boshqa joylarda yo’l qatnov qismini kesib o’tadigan 
bo’lsa, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo’ladi (depodan 
chiqish joylaridan tashqari). 
Belgilangan yo’nalishdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1  – 
5.10.3 belgilari bilan ajratilgan bo’lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi 
va to’xtashi taqiqlanadi. 
Agar bu bo’lak yo’l qatnov qismining boshqa joyidan uzuq – uzuq chiziq bilan 
ajratilgan  bo’lsa,  burilmoqchi  bo’layotgan  transport  vositalari    bu  bo’lakka  qayta 
tizilishlari kerak. 
SHuningdek,  bunday  joylarda  belgilangan  yo’nalishlarda  transport  vositalarining 
harakatiga halaqit  bermaslik sharti bilan yo’lga chiqish, qatnov qismining chetki o’ng 
tomonida  yo’lovchilarni  chiqarish  va  tushirish  uchun  bu  bo’lakka  o’tishga  ruxsat 
etiladi. 
Aholi  yashaydigan  joylarda  bekatdan  harakatlanishni  boshlagan  avtobus  va 
trolleybuslarga haydovchilar yo’l berishlari kerak. O’z navbatida avtobus va trolleybus 
haydovchilari  ularga  yo’l  berganligiga  ishonch  hosil  qilganliklaridan  keyingina 
harakatlanishni boshlashlari mumkin. 
Tashqi  yoritish asboblaridan foydalanish 
Qorong’i  vaqtda  va  yetarlicha  ko’linmaydigan  sharoitda,  shuningdek, 
tonnellarda harakatlanayotgan barcha transport vositalari: 
Yo’lning yoritilmagan qismida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi faralarini; 
Yo’lning yoritilgan qismida yaqinni yorituvchi faralarni; 
Yo’lning  yoritilganligidan  qahi  nazar,  tirkamalarning  gaborit  chiroqlarini  yoqishi 
kerak. 
Quyidagi  hollarda  uzoqni  yorituvchi  fara  yaqinni  yorituvchi  fara  bilan 
almashtirilishi kerak: 
Aholi yashaydigan joylarda yo’l yoritilgan bo’lsa; 
Qarama  qarshi  yo’nalishdagi  transport  vositasiga  150  metrdan  kamroq    masofa 
qolganda, shuningdek, haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqti vaqti bilan 
o’chirib bunga zaruriyat borligini  bildirgan hollarda undan ham ko’proq masofada; 
Qarama  –  qarshi  va  bir  yo’nalishdagi  haydovchilarning  ko’zini  qamashtirishi 
mumkin bo’lgan boshqa barcha hollarda; 
Ko’zi  qamashgan  haydovchi  falokat  yorug’lik  ishoralarini  yoqishi,  harakatlanish 
bo’lagini o’zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to’xtatishi kerak. 
Qorong’i  vaqtda  yo’lning  yoritilmagan  qismida,  shuningdek,  yetarlicha 
ko’rinmaydigan  sharoitda  to’xtagan  yoki  to’xtab  turgan  transport  vositasida  gabarit 
chiroqlari yoqilgan bo’lishi kerak. 


53 
 
Etarlicha  ko’rinmaydigan  sharoitda  gabarit  chiroqlariga  qo’shimcha  qilib 
yaqinni  yorituvchi  faralar,  tumanga  qarshi  faralar  va  tumanga  qarshi  orqa  chiroqlar 
yoqilishi mumkin. 
Quyidagi hollarda tumanga qarshi faralarni qo’llash mumkin: 
Etarlicha ko’rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni 
yorituvchi faralar bilan; 
Qoidalarning  22.5  bandida  ko’zda  tutilgan  hollarda  yaqinni  yorituvchi  fara 
o’rnida. 
kunning yorug’i vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak: 
Transport vositalarining  tashkiliy jamlanmasi safida harakatlanayotganda; 
Umumiy  harakat  oqimiga  qarshi  yo’nalishda  maxsus  ajratilgan  bo’lakda 
harakatlanayotgan belgilangan yoo’nalishdagi transport vositalarida; 
Avtobus va yuk avtomobillarida bolalar guruhini tashkiliy tashishda; 
Xavfli, katta o’lchalmli va og’ir vaznli yuklarni tashishda; 
Mexanik  transport  vositalarini  shatakka  olishda  (shatakka  olib  ketayotgan  transport 
vositasida). 
Fara  –  projektor  va  izlovchi  faralardan  faqat  aholi  yashaydigan  joylardan 
tashqarida qarama – qarshi yo’nalishdan kelayotgan transport vositalari bo’lmaganda 
foydalanish  mumkin. 
Aholi  yashaydigan  joylarda  esa  bunday  faralardan  faqat  xizmat  vazifalarini 
bajarayotgan  tezkor  va  maxsus  xizmat  va  transport  vositalarining  haydovchilariga 
foydalanishga ruxsat etiladi. 
Tumanga  qarshi  orqa  chiroqlarni  faqat  yetarlicha  ko’rinmaydigan  sharoitda  qo’llash 
mumkin. Orqadagi to’xtash chiroqlari (stop signal)ga  tumanga qarshi orqa  chiroqlarni 
ulash tahqiqlanadi. 
“Avtopoezd”  taniqlik  belgisi  avtopoezd  xarakatlanayotganda,  kunning  qorong’i 
vaqtida esa yo’lda to’xtash va to’xtab turish vaqtida ham yoqib qo’yilishi kerak. 
Zarg’aldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq – mayoqcha yo’lda qurilish, tahmirlash 
yoki  tozalash  ishlari  olib  borayotgan,  shuningdek,  og’ir  vaznli,  katta  o’lchamli  yoki 
xavfli yuklarni tashish qoidalarida ko’zda tutilgan hollarda ularni tashiyotgan transport 
vositalarida yoqilishi kerak. 
 

Download 6,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish