Mavzu: O’zbekistonda hokimyatlar bo’linishi prinsipining amal qilishi


O’zbekiston Respublikasida davlat hokimyatchiligi



Download 283,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.01.2022
Hajmi283,32 Kb.
#360048
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonda hokimiyatlar bolinishi prinspining amal qilishi

O’zbekiston Respublikasida davlat hokimyatchiligi 

 Ma’lumki,  hozirgi kunda deyarli barcha demokratik taraqqiyot yo’nalishini 

tanlagan  davlatlar  konstitutsiyalarida  hokimyatlar  bo’linishi  prinsipi  u  yoki  bu 

tarzda  mustahkamlangan.  Bu  xususiyat  sobiq  sotsialistik  makonda  tashkil  topgan 

davlatlarga, xususan MDH davlatlariga ham xos, albatta. 

   


Xalqaro hamjamiyatning  munosib a’zosi bo’lgan O’zbekiston  ham o’zining 

oliy  maqsadi  –  huquqiy  davlat  qurish  va  fuqorolik  jamiyatini  shakllantirish 

ekanligini butun jahonga e’lon etib, hozirgi kunda ushbu  maqsad sari  intilmoqda. 

Huquqiy  davlatning  muhim  tamoyillaridan  biri  bo’lgan  hokimyatlar  bo’linishi 

prinsipi  (O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  o’z  ifodasini  topgan.  Asosiy 

qonunninig 11  moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlat  hokimyatining tizimi 

–  hokimyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimyatiga  bo’linish 

prinsipiga asoslanadi”, deb belgilangan. 

   

Aytish joizki, hokimyatlar bo’linish nazariyasining bosh qoidalarining uzul-



kesil hayotga tadbiq etishi, ularning shakllanishi, har bir jamiyatda huquqiy davlat 

va  fuqorolik  jamiyatining  shakllanishi  darajasi  bilan  bog’liq  ekanligi.  Shu  bois 

hokimyatlar  bo’linishi  prinsipining  to’la  amalga  oshishi  muayyan  vaqatni  talab 

etadi. 


   

Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,  “Biz  tariximizning  o’sha  tub  burilish 

nuqtasida,  g’oyat  xatarli  va  murakkab  kunlarda  haqiqatdan  ham  yakkayu-yagona 

to’g’ri  yo’lni  tanladik.  Ya’ni,  mustabit  tuzum,  o’ta  mafkuralashgan,  milliy 

o’zligimizni  toptagan  eski  tuzimdan  voz  kechib,  xalqimizning  xohish-irodasi, 

azmu-qarorini  bajo  keltirib,  ochiq  demokratik  va  huquqiy  davlat  qurish,  ijtimoiy 

yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakillantirish yo’lini tanladik”

16



                                                             

16

 Karimov.I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqirlashtirish va fuqorolik jamiyatiniasoslarini 



shakillantirishning asosiy yo’nalishlari. T,: 2002. «O’zbekiston». 6b. 


    

Hozirgi  kunda,  O’zbekistonda  yangi  jamiyat  qurishning  huquqiy  bazasi, 

asosi  mavjud.  Bu  huquqiy  asosni  hayotga  tadbiq  etishning  tashkiliy-huquqiy 

mexanizmi  ham  mavjud.  Asosiy  masala  –  yangi  jamiyat  asoslarini  qadamba-

qadam qurish va shakllantirishdan iboratdir. 

   


Demokratik tamoyillarni “so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy 

qilish”  huquqiy  davlat  asoslarini  shakllantirishning  yo’nalishlaridan  biridir. 

Demokratik tamoyillardan bo’lgan  hokimyatlar bo’linishi prinsipi  va  undagi “bir-

birini  tiyib  turish  va  o’zaro  muvozanatda  ushlash”  tizimi  ham  tobora  amaliy  va 

hayotiy  mazmun  kasb  etib  bormoqda,  biroq  bu  jarayonni  ham  yangi  sifat 

darajasiga  ko’tarish  lozim.  Bu  masala  yuzasidan  ham  qator  ishlar  amalga 

oshirilmoqda. 



   

 

XULOSA 

Ta’kidlash joizki, istiqlolga erishganimizdan so’ng davlatimiz oldida turgan, 

kechiktirib  bo’lmaydigan  vazifalardan  biri  –  bu  yangi  davlat  organlari  tizimini 

shakillantirish  edi.  Zero,  yangi  jamiyat  qurish  vazifasini  eski  davlat  organlari 

yordamida amalga oshirib bo’lmasligi aniq va ravshan edi. 

  

Mustaqilligimizni  mustahkamlaydigan,  yangi  jamiyat  qurish  manfaatlariga 



xizmat  qiladigan,  inson  va  fuqorolarning  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlaydigan 

organlar  tizimi  barpo  etildi  va  ularning  keng  faoliyat  yuritishiga  imkoniyat 

yaratildi. 

  

 Davlat  hokimyati organlari tizimining  hokimyatlar bo’linishiga asoslanishi, 



bu prinsipni hayotga real singdirilishi yuzasidan olib borilayotgan islohotlar davlat 

mexanizmining demokratik mohiyatidan dalolatdir. 

   

Sud  hokimyatini  hokimyatning  mustaqil,  teng  bir  tarmog’iga  aylantirish 



borasida  olib  borilayotgan  va  rejalashtirilayotgan  islohot  va  o’zgarishlarning, 

tashkiliy-huquqiy 

chora-tadbirlarning 

salmog’i 

jamiyatimizning  huquqiy 

davlatchilik sari qat’iy ketayotganligini ko’rsatib turibdi. 

   

Yurtboshimiz 



ta’kidlaganlaridek, 

“Hokimyatning  uchinchi  tarmog’i 

bo’lmish  sud  tizimini  mustahkamlash,  sudlarning  mustaqilligini,  ularning  faqat 

qonunga  bo’ysunishini  kuchaytirish  borasida  mohiyat-e’tiborga  ko’ra  mutlaqo 

yangi qadam qo’yildi desak, mubolag’a bo’lmaydi”. 

   


Bu o’zgarishlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad shuki, biz odamlarning 

sudlarga  faqat  jazovlovchi  idora  emas,  balki  avvalo  insonning  haq-huquqlarini 

himoya qiluvchi idora deb qarashiga erishmog’imiz lozim. Shundagina ko’zlangan 

maqsadlarimizga og’ishmay erishishimiz mumkin. 




 


Download 283,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish