korporativ nizolar
– korporativ munosabatlar sub’ektlari o‘rtasidagi
manfaatlar qarama-qarshiligi, ziddiyatlar;
korporativ obligatsiyalar
– ochiq aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa
tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilgan tijorat banklari tomonidan
chiqariladigan qarz munosabatini anglatuvchi obligatsiyalar;
kuzatuv kengashi
– qonun va aksiyadorlik jamiyati ustavi bilan
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolati doirasiga kiritilgan masalalardan
tashqari aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi
boshqaruv organi;
Do'stlaringiz bilan baham: |