Ro`yxatga olindi: №


 Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish tartibi



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

18.3. Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish tartibi
Aksiyadorlik   jamiyatining   tugatilishi   huquq   va   majburiyatlarni   huquqiy
vorislik   tartibida   boshqa   shaxslarga   o‘tkazmagan   holda   jamiyat   faoliyatini
tugatishga sabab bo‘ladi.
Aksiyadorlik jamiyati ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan
jamiyatning   kuzatuv   kengashi   jamiyatni   tugatish   va   tugatuvchini   yoki   tugatish
komissiyasini   (bundan   buyon   matnda   tugatuvchi   deb   yuritiladi)   tayinlash
to‘g‘risidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib
chiqadi.
Ixtiyoriy   ravishda   tugatilayotgan   jamiyat   aksiyadorlarining   umumiy
yig‘ilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
81
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   mahkamasining   2013   yil   27   dekabrdagi   344-sonli   qarori   bilan   tasdiqlangan   “Xo‘jalik
yurituvchi   sub’ektlar  birlashmalarini   tashkil   etishga,   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarni   qo‘shib  yuborishga   va   qo‘shib   olishga
oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.


Jamiyat   sudning   qaroriga   ko‘ra   tugatilayotganda   tugatuvchini   tayinlash
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tugatuvchi   tayinlangan   paytdan   e’tiboran   jamiyat   ishlarini   boshqarish
bo‘yicha   barcha   vakolatlar   unga   o‘tadi.   Tugatuvchi   tugatilayotgan   jamiyat
nomidan sudda ishtirok etadi.
Davlat   tugatilayotgan   jamiyatning   aksiyadori   bo‘lgan   taqdirda,   tugatish
komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli
organning vakili kiritiladi.
Tugatuvchi   jamiyatning   tugatilishi   haqida,   shuningdek   uning   kreditorlari
tomonidan   talablarni   bayon   etish   tartibi   va   muddatlari   to‘g‘risida   qonun
hujjatlarida   belgilangan   tartibda   ommaviy   axborot   vositalarida   e’lon   beradi.
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish uchun muddat jamiyatning tugatilishi
to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi
lozim.
Agar   tugatish   to‘g‘risida   qaror   qabul   qilingan   paytga   kelib   jamiyat
kreditorlar   oldida   majburiyatlarga   ega   bo‘lmasa,   uning   mol-mulki   ushbu
“Aksiyadorlik   jamiyatlari   va   aksiyadorlarning   huquqlarini   himoya   qilish
to‘g‘risida”gi   Qonunning   100-moddasiga   muvofiq   aksiyadorlar   o‘rtasida
taqsimlanadi.
Tugatuvchi   kreditorlarni   aniqlash   va   debitorlik   qarzlarini   olish   chora-
tadbirlarini   ko‘radi,   shuningdek   kreditorlarni   jamiyatning   tugatilishi   to‘g‘risida
yozma shaklda xabardor qiladi.
Kreditorlarning   talablar   qo‘yishi   uchun   belgilangan   muddat   tugaganidan
keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balansda tugatilayotgan
jamiyat   mol-mulkining   tarkibi,   kreditorlar   tomonidan   taqdim   etilgan   talablar,
shuningdek   ularni   ko‘rib   chiqish   natijalari   haqidagi   ma’lumotlar   ko‘rsatiladi.
Oraliq tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi
tomonidan tasdiqlanadi.
Agar   tugatilayotgan   jamiyatdagi   mavjud   pul   mablag‘lari   kreditorlarning
talablarini   qanoatlantirish   uchun   etarli   bo‘lmasa,   tugatuvchi   jamiyatning   mol-
mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida
sotishni amalga oshiradi.
Tugatilayotgan   jamiyat   kreditorlariga   pul   summalarini   to‘lash   tugatuvchi
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida oraliq tugatish balansiga
muvofiq, ushbu balans tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Kreditorlar   bilan   hisob-kitoblar   tugaganidan   keyin   tugatuvchi   tugatish
balansini tuzadi, tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy
yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Tugatuvchi nazarda tutilgan tegishli tartib-taomillar tugallanganidan keyin
jamiyat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini
bekor qilish yuzasidan zarur tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va
muddatlarda amalga oshiradi.


Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan
mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha
taqsimlanadi:
birinchi navbatda qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha
to‘lovlar amalga oshiriladi;
ikkinchi   navbatda   imtiyozli   aksiyalar   bo‘yicha   hisoblangan,   biroq
to‘lanmagan   dividendlarni   va   jamiyat   ustavida   imtiyozli   aksiyalar   bo‘yicha
belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga oshiriladi;
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiyalar
egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Mol-mulkni   har   bir   navbat   bo‘yicha   taqsimlash   avvalgi   navbat   bo‘yicha
mol-mulk to‘liq taqsimlab bo‘linganidan keyin amalga oshiriladi.
Agar   jamiyatdagi   mavjud   mol-mulk   hisoblangan,   biroq   to‘lanmagan
dividendlarni   va   jamiyat   ustavida   belgilangan   tugatish   qiymatini   imtiyozli
aksiyalarning egalari bo‘lgan barcha aksiyadorlarga to‘lash uchun etarli bo‘lmasa,
mol-mulk   imtiyozli   aksiyalarning   egalari   bo‘lgan   aksiyadorlar   o‘rtasida   ularga
tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Mol-mulkni   tugatish   qiymatining   chet   ellik   investor   bo‘lgan   aksiyadorga
o‘tkaziladigan qismini jamiyat xorijiy valyutaga ayirboshlab berishi shart.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga
tegishli   yozuvni   kiritgan   paytdan   e’tiboran   jamiyatni   tugatish   tamomlangan,
jamiyat esa faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi.
Ro‘yxatdan   o‘tkazuvchi   organ   jamiyat   tugatilganligi   haqidagi   tegishli
yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish