Muallif - O.A.Amanov
tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan
foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va
chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to’lovlari;
ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini ta’minlash
xarajatlari;
xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog’liq
bo’lgan soliqni muhofaza qilish tadbirlari;
texkin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar
xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xo’jalik yurituvchi subyekt xodimlariga
beriladigan tekin uy-joy haqini to’lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar
va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi);
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh,
maxsus ovqatlar);
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan boshqaruvning texnik vositalarini,
aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini,
hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarni tabiiy
ko’rikdan o’tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to’lash;
ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat
safarlariga yuborish bo’yicha xarajatlar;
ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va
ixtiyoriy sug’urta qilish xarajatlari;
brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar;
ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar;
kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga
kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;
mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;
ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to’lanadigan
nafaqalar;
umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan
yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar;
obyektlarni
davlat
kapital
qo’yilmalari
hisobiga
qurishda
qurilish
tavakkalchiliklarini sug’urta qilish bilan bog’liq xarajatlar;
gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan
bog’liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo’lmagan mol-mulk yuzasidan
belgilangan tartibda;
qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo’yicha xarajatlar, agar ular
kapital
xarajatlarga
tegishli
bo’lmasa
(ya’ni
asosiy
vositalar
sifatida
kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar "Kelgusi davrlar xarajatlari" sifatida qaraladi
va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: |