O’UM2020-Biznes rejalashtirish O. A. Amanov O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


 Korxona xodimlari ish haqi tarkibi va tuzilmasi



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/288
Sana14.01.2022
Hajmi1,95 Mb.
#359780
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   288
Bog'liq
biznes rejalashtirish

13.1. Korxona xodimlari ish haqi tarkibi va tuzilmasi 
 
Xodimlarning mehnat faoliyatining yuqori samaradorligini rag’batlantirishning 
muhim  omili  bu  daromaddir.  Amaliyotda  aniq  olingan  xodimning  ish  haqi  va 
daromadini  oylik  maosh,  soatlik  tarif  stavkasi,  mukofot,  gonorar  kabi  turli 
ko’rinishdagi  pul  to’lovlaridan  iborat  bo’ladi.  Nominal  ish  haqi  yoki  daromad 
ishlovchining  sarflagan  mehnati  uchun  oladigan  umumiy  pul  mablag’i  bo’lib, 
amaldagi  ish  haqi  stavkasi  yoki  ish  vaqti  birligidagi  ishchi  kuchi  bahosi  bilan 
belgilanadi, so’m/soat, so’m/detal, so’m/oy. Real (haqiqiy) ish haqi - amaldagi bozor 
narxlarida  nominal  ish  haqiga  sotib  olish  mumkin  bo’lgan  tovar  va  xizmatlar 
miqdoridir:  tovarlar  soni/pul  miqdori.  Erkin  bozor  munosabatlari  sharoitida 
xodimlarning  asosiy  ish  haqi  bilan  bir  qatorda  mehnat  natijalariga  bo’g’liq  holda 
mulkdan  olinadigan  daromad  ham  mavjud  bo’ladi.  Ilgari  daromadning  ushbu  shakli 
qo’llanilmas edi. Lekin aksiyalarning, qimmatli qog’ozlarni chiqarishni kengaytirilish 
natijasida  mulk  bo’yicha  mehnat  taqsimoti  yildan  yilga  oshib  bormoqda.  Shu 
sababdan  hozirgi  sharoitda  daromadni  mehnatga  qarab  yoki  mulk  (kapital)  ga  qarab 
taqsimlash  prinsiplarini  optimal  muvofiqlashtirish  muammosi  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi. 
Korxonada  xodimlar  daromadi  strukturasi  ish  haqining  3  ta  asosiy  tashkil 
etuvchisining munosabati bilan belgilanadi: tarif stavkalari va maosh, kompensatsiya 
to’lovlari, ustama va mukofot.  
 
Ish haqini tashkil etishda bir qancha prinsiplarga rioya qilish talab etiladi:  
1.
 
Ish haqi miqdorining mehnat miqdori va sifatiga bog’liqligi. 
2.
 
Korxonaning  ayrim  xodimlarini  o’z  qobilyatlarini  va  imkoniyatlarini  to’liq 
ishga solishlarini rag’batlantirish. 
3.
 
Mehnatning  unumdorligini  oshirish  asosida  mehnatga  haq  to’lash  darajasini 
oshirish. 
4.
 
Mutaxassislar, rahbarlar mehnatini baholash mezonlarini takomillashtirish. 
5.
 
Ishchilar,  mutaxassislar,  xizmatchilar  mehnatiga  to’lanadigan  haq  darajalari 
o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash. 
6.
 
Har bir xodimga haq to’lashni yo’lga qo’yishning soddaligi. 
Tarif  stavkalari  va  maoshlar  normal  ish  sharoitida  mehnatning  murakkablik 
darajasiga ko’ra to’lanadigan haqning miqdorini belgilaydi. Kompensatsiya to’lovlari 
mehnat  sharoitlaridagi  o’zgarishlarda  qo’shimcha  ishchi  kuchi  xarajatlarini  qo’lash 
uchun  belgilanadi.  Ustama  va  mukofotlar  ishlab  chiqarish  samaradorligi  va  ish 
sifatini oshirish, xodimlarning ijodiy aktivligini rag’batlantirish uchun ko’zda tutiladi. 



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish