O’UM2020-Biznes rejalashtirish O. A. Amanov O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


 Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/288
Sana14.01.2022
Hajmi1,95 Mb.
#359780
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   288
Bog'liq
biznes rejalashtirish

 
9.3. Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi 
 
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda quyidagi o’lchovlardan foydalaniladi: 
natural, shartli  natural, qiymat va  mehnat.  Natural o’lchovlar bir turdagi  mahsulotlar 
hajmi va o’zgarishini baholash imkonini beradi. 


Muallif - O.A.Amanov 
 
Quvvati,  o’lchami  bilan  farqlanuvchi  bir  turdosh  mahsulot  ishlab  chiqarishda 
shartli  yoki  shartli-natural  o’lchovlardan  foydalaniladi.  Ushbu  o’lchovlar  barcha 
turdagi  mahsulotlarni  baza  qilib  olingan  bir  turga  keltirib  olish  imkonini  beradi. 
Bunda  mahsulotni  tayyorlash  mehnat  sig’imi  asosida  hisoblanadigan  o’tkazish 
koeffitsienti qo’llaniladi. 
Ko’p  nomenklaturali  ishlab  chiqarishda  umumiy  mahsulot  hajmini  natural 
o’lchovlarda  ifodalash  mumkin  emas,  shu  sababdan  ushbu  maqsadda  qiymat 
o’lchovlaridan  foydalaniladi.  Mehnat  o’lchovlari  yordamida  ishlab  chiqarish 
dasturining  umumiy  mehnat  siimi  aniqlanadi.  Mehnat  o’lchovlari  korxona,  sex  va 
uchastkalari ishlab chiqarish rejalarini tuzishda qo’llaniladi. Ushbu ko’rsatkich ishlab 
chiqariladigan  mahsulot  soni  borasida  ma’lumot  bermaganligi  sababli  asosiy 
ko’rsatkich bo’la olmaydi. 
Asosiy qiymat ko’rsatkichlariga yalpi aylanish, ichki aylanish, tovar mahsulot, 
yalpi  mahsulot,  sotilgan  mahsulot  hajmi  ko’rsatkichlari  kiradi.  Yalpi  aylanish 
korxona asosiy,  yordamchi,  xizmat ko’rsatuvchi sexlarda  yaratilgan  mahsulotlarning 
umumiy  qiymatini  ifodalaydi.  Yalpi  aylanishga  korxona  ichida  iste’mol  qilishga 
yo’naltirilgan,  tashqariga  sotiladigan  mahsulotlar  kiritiladi.  Ushbu  ko’rsatkich 
korxona  ichida  mahsulotni  takror  hisobga  olishni  ko’zda  tutadi.  Yalpi  aylanish  
korxona  faoliyatini  tahlil  qilishda  ishlab  chiqarish  strukturasi  o’zgarganda  (ya’ni 
sexlar  ishga  tushirilganda,  sexlar  kengaytirilganda)  reja  ko’rsatkichlarini  asoslashda 
iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi. 
Ichki  aylanish  korxona  ichida  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun  iste’mol 
qilinadigan  mahsulot  qiymatini  ifodalaydi.  Korxona  ichida  iste’mol  qilinadigan 
mahsulotlarga  tayyor  mahsulot  uchun  o’zida  ishlab  chiqarilgan  yarim  fabrikatlarni 
qayta  ishlash; o’zida  ishlab chiqarilgan elektroenergiya, siqilgan  havo, buni  iste’mol 
qilish;  o’zida  ishlab  chiqarilgan  bino,  inshoot,  jihozlarni  joriy  ta’mirlashda  iste’mol 
qilinadigan detallar kiritiladi. 
Tovar,  yalpi,  sotilgan  mahsulot  zavod  usulida  aniqlanadi  ya’ni  rejalashtirilgan 
tayyor  mahsulot  va  yarim  tayyor  mahsulotlar  hajmidan  korxona  ichida  iste’mol 
qilinadigan mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi. 
Tovar,  yalpi,  sotilgan  mahsulot  tarkibini  yaxshiroq  tushunish  uchun  tayyor 
mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining iqtisodiy 
mohiyatini aniqlash lozim. 
Tayyor  mahsulot  standartlar  yoki  texnik  shartlarga  muvofiq  to’liq 
tayyorlangan,  texnik  nazoratdan  o’tgan  va  tayyor  mahsulot  omborxonasiga 
to’shirilgan buyumlardir. 
Yarim  fabrikatlar  –  texnologik  jarayonning  bir  qismidan  o’tgan,  lekin  keyingi 
sexda  ishlovdan  o’tishi  yoki  yig’uv  sexida  foydalanilishi  lozim  bo’lgan 
mahsulotlardir. 
Tugallanmagan  ishlab  chiqarish  sexda  ishlov  berishi  tugallanmagan,  ish 
o’rnida  ishlovdan  o’tayotgan,  ish  o’rinlari  orasida  harakatlanayotgan,  texnik 
nazoratda turgan mahsulotlardir. 
Tovar  mahsulot  hisobot  yilida  ishlab  chiqarilgan  va  sotishga  mo’ljallangan 
mahsulotlardir.  Tovar  mahsulot  tarkibiga  tayyor  mahsulotlar,  sotishga  mo’ljallangan 



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish