xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
—
avariya xavfini har tomonlama baholash natijalari, avariyalarning oldini olish va
sanoat xavfsizligi me‟yorlari va qoidalari talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish
obyektining foydalanishga tayyorligi tashkil etilishini ta‟minlash bo„yicha ko„rilgan
chora-tadbirlarning yetarliligi tahlili, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektidagi
avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish natijalari ko„rsatilgan hujjat;
xavfli modda
— o„zining fizik, kimyoviy, biologik yoki toksikologik
xossalariga ko„ra odamlar hayoti va salomatligi uchun, shuningdek atrof tabiiy muhit
uchun xavf tug„diradigan modda;
Do'stlaringiz bilan baham: |