100
Mashg’ulot mazmuni
Nazariy qismi
Shifokor pedagogik nazorat (ShPN) bu shifokor va sportchilar murabbiysi
bilan birgalikda o’tkazadigan izlanish (kuzatuv) bo’lib, jismoniy yuklamalarni
sportchi organizmiga ta’siri baholanadi, sportchilar funktsional tayyorligining
tasavvuri, sportchilarda jismoniy zo’riqishdan keyingi noto’liq tiklanish belgilari
va toliqish yoki o’ta charchashni aniqlaydi va o’quv-shug’ullanish jarayonini
mukamallashtirishimiz imkonini beradi. ShPN sportdagi komleks nazoratni
asosiy qismi bo’ladi, o’z ichiga pedagogik, tibbiy, psixologik izlanishlarni
(tekshiruvlarni) oladi. Shifokor pedagogik nazoratni tezkor, joriy, davriy
tekshiruv shakllaridan tashkil topgan. Tezkor tekshiruvda shug’ulanish jaryonida
mashqlar qilinayotgan vaqtida qoldirgan samara va erta tiklanish davrida
shug’ulanish samarasi baholanadi. ShPN tashkil etishda quyidagi shakllardan
foydalaniladi:
a) bevosita shug’ullanish mashg’uloti davomida tekshiruvlar olib boriladi,
ayrim mashqlardan yoki mashg’ulotning qismlaridan so’ng;
b) mashg’ulotlardan avval va 20-30 daqiqadan so’ng;
c) shug’ullanish kuni ertalabki va kechkit ekshiruvlar.
Joriy tekshiruvda tiklanish kechki davrida qoldirilgan shug’ullanish
samarasi baholanadi, mashg’ulotdan bir kundan keyin. ShPN tashkil etishda
quyidagi shakllardan foydalaniladi:
a) ertalab yig’inlardan oldin yoki mashg’ulotdan oldin;
b) bir necha kun davomida
ertalab va kechki paytda;
c) ertalab mikrotsiklardan oldin.
Davriy tekshiruvda ma’lum davrdagi shug’ullanish jarayonini kumulyativ
samarasi aniqlanadi, o’quv-shug’ullanish jarayonini individuallashtirishda va
rejalashtirishda ahamiyati katta. Davriy tekshiruvlar har 2-3 oyda tashkil etilishi
tavsiya qilinadi, sportchi bir kun dam olganidan so’ng, ertalabki ovqatdan 2 soat
keyin. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni shifokor pedagogik
102
o’qituvchisi
(murabbiy)
ga
butun
guruh
uchun
yoki
alohida
shug’ullanayotganlar uchun qanday jismoniy yuklamalar berilishi mumkinligi
haqida ko’rsatmalar berishi mumkin. Shifokor kuzatish natijasida charchash
belgilarini aniqlashi va o’z vaqtida uning asoratlarini olidini olishi mumkin.
Ba’zida, qachonki dars sust olib borilganda, umumiy yuklama yetarli
bo’lmaydi, jismoniy mashq bajarayotganlar ko’p turadilar yoki o’tiradilar.
Bunday holat ko’pincha darslar noto’g’ri rejalashtirilganda kuzatiladi. Bunday
holatlarda darslarni xronometraj qilish usuli (dars zichligi) o’zini oqlaydi.
Buning uchun shifokor dars davomida 1-3 ta shug’ullanuvchilarni kuzatadi.
Soniyaomer yordamida har xil mashqlarni bajarish uchun ketgan vaqtni
aniqlaydi. Alohida dam olish, tushuntirish uchun ketgan vaqtni aniqlaydi. Dars
zichligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: