Office
” tugmasini bosish va asosiy menyudan “
Preobrazovat
” bandini
tanlash kerak. Natijada sarlavha satrida funktsional chegaralanish to‘g‘risida yozuv
o‘qiladi va siz dasturning hamma funksiyalarini ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.
Diqqat: agar matn muharririning oldingi versiyalarida saqlangan fayl ochilgan
bo‘lsa, “
Preobrazovat
” bandi qatnashishi mumkin.
Word dasturi matnni bir necha usullar bilan ajratishi mumkin. Buning eng
oson yo‘li sichqoncha bilan amalga oshirishdir. Agar siz klaviaturani ishlatmoqchi
bo‘lsangiz, u holda SHIFT tugmasini ushlab turing va kursor bilan boshqarish
tugmalarini aralashtiring.
Ilova: Wordda matnni belgilashning maxsus rejimi mavjud. Bu rejimga o‘tish
uchun F8 tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng kursorni boshqarish tugmasi yoki
PageUp/ Page Down (SHIFTni ushlamay) larni bosish orqali matnni ajratish
mumkin. Shuningdek, agar ixtiyoriy harfni yoki belgini tersak, unda shu tanlangan
belgigacha matn ajratiladi. Ajratish rejimidan chiqish uchun Escape tugmasini
bosish kerak.
Shu tarzda keyingi so‘zni ajratish uchun probelni, matnni yoki xat boshi
(abzats) oxirigacha ajratish uchun Enter tugmasini bosish kerak. F8 tugmasini bir
necha marta bosish bilan so‘z, gap, abzats, hatto hamma matnni ajratish mumkin.
Glavnaya –Formatlash, fayl va almashishlar buferi bilan ishlaydigan
buyruqlarni ifodalovchi tugmachalaridan iborat.
WordArt – figurali matn yaratish buyruqlari joylashgan tugmachalardan iborat.
Avtotekst – hujjatga ko’p takrorlanadigan matn elementlarini tezda joylash
yoki almashtirish.
Baza Dannix – hujjat jadvallarida ma’lumotlar ombori yaratish va u bilan
ishlash uchun xizmat qiladi.
Nastroyka Izobrajeniya – grafikali tasvirlar bilan ishlovchi buyruqlarni
chaqiruvchi tugmachalar joylashgan.
Retsenzirovanie – xabarlar yoki taqrizlar joylash uchun xizmat qiladi.
Risovanie – hujjatga grafikali ob’ektlar joylash uchun xizmat qiladi.
Forma – ma’lumotlar ombori bilan ishlaganda forma, jadval, ro’yxat, kiritish
maydonlari yaratish tugmachalarini ifodalaydi.
Elementi upravleniya – hujjatga tugmachalar, pereklyuchatellar va
VisualBasicning boshqa elementlarini joylaydi.
Word xat yoki maqolalar yaratishning bir necha shablonlarini taklif etadi. Bitta
shablondan ko’p marta foydalanish mumkin.
Hujjatni yaratish, saqlash, ochish va yopish uchun Fayl tavsiyanomasi
bo’limlaridan yoki “Standartnaya” panelidagi tugmachalardan foydalanish mumkin.
Word matn muharriri hujjatlarni boshqa formatlarda xam saqlash imkoniga
ega. Biror hujjatni Microsoft Word formatidan farqli formatda saqlash uchun
hujjatni saqlash darchasidagi “Tip fayla” ro’yxat maydonidan kerakli format
tanlanishi va “Soxranit” tugmasi bosilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |