NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO YÕNALISHI KIM-EU-20 GURUH TALABASI
URAIMOVA MUQADDAMNING
ANALITIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL
ISHI
Mavzu:
SUYUQLIKLAR SIRTIDAGI ADSORBTSIYA
Tekshirdi:
Sattarov.T
Namangan 2021
Agar biror suyuqlikka boshqa bir modda qo’shsak, suyuqlikning sirt
tarangligi o’zgaradi, chunki potentsial energiyaning minimumga intilish qoidasiga
muvofiq, suyuklik o’zining sirt energiyasini kamaytirishga intiladi. Shu sababli,
suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiradigan moddalar suyuqlik sirtiga yig’ila
boshlaydi.
Natijada,
suyuqlikka
solingan
moddaning
sirtqi
qavatdagi
kontsentratsiyasi uning suyuqlik ichidagi kontsentratsiyasidan farq qiladi. Buning
natijasida eritma ichidagi osmotik kuchlar ham o’zgaradi, chunki eritma sirtqi
qavatda ham, ichki qavatlarda ham o’z kontsentratsiyasini baravar qilishga intiladi.
Demak, bu yerda ham dinamik muvozanat qaror topadi: bir tomondan, absorbtsiya
jarayoni erkin energiyaning minimumga intilish printsipiga muvofiq erigan
moddani suyuqlik sirtiga yig’adi; ikkinchi tomondan, osmotik kuchlar tufayli
desorbtsiya jarayoni bo’ladi, eritma kontsentratsiyasi barcha hajm ichida
baravarlashishga intiladi. Natijada adsorbtsiyaviy muvozanat vujudga keladi.
Suyuqlik sirtida moddalarning yig’ilish miqdoriga qarab musbat va manfiy
adsorbtsiya bo’ladi.
Musbat adsorbtsiyada moddalar suyuqlik sirtida to’planishi bilan birga
yutiladi va suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiradi. Musbat adsorbilanadigan
moddalar (murakkab efirlar, ketonlar, yuqori molekulali kislotalar, xolesterin,
oqsillar va boshqalar) sirt-aktiv moddalar deb yuritiladi.
Manfiy adsorbtsiyada moddalar suyuqlik sirtidan siqib chiqariladi, diffuziya
yordamida butun suyuqlik hajmiga tarqalib, suyuqlikning sirt tarangligini oshiradi.
Manfiy adsorbtsiyalanadigan moddalar (anorgaiik tuzlar, uglevodlar va boshqalar)
sirt-noaktiv moddalar deb yuritiladi
Musbat va manfiy adsorbtsiyani etil spirtning suvdagi adsorbtsiyasi misolida
ko’rish mumkin. Etil spirtning sirt tarangligi suvnikiga qaraganda kam.
Moddalarning musbat va manfiy adsorbtsiyasi moddalarning tirik
organizmlarning
hujayra
membranalari
orqali
o’tishini
osonlashtiradi.
Moddalarning musbat va manfiy adsorbtsiyasi modda almashinuv jarayonida va
o’simliklarda fotosintez jarayonlarida katta rol o’ynaydi.
Masalan, steroid, murakkab efirlar va boshqa gidrofob (qutblanmagan)
moddalar tirik organizmning hujayra membranalarida to’planadi, ammo ularni
membranalardan o’tishiga adsorbtsiya jarayoni yordam beradi.
Ba‘zi moddalar molekulasida ham gidrofil (qutbli), ham gidrofob
(qutblanmagan) guruh atomlarining bo’lishi ularni suvli eritmalaridagi
adsorbtsiyalarning xususiyatini o’zgartiradi va bu molekulalar difil molekulalar
deb ataladi. Masalan, sirka kislota CH
3
COOH molekulasida СН
3
- guruh gidrofob,
-SOON guruh esa gidrofil hisoblanadi. Bu moddaning gidrofil xossasi yuqori
bo’lmagani uchun, molekulalar adsorbilanib, suvda yaxshi eriydi. Kislotalarning
keyingi vakillarida (C
2
H
5
– COOH, C
3
H
7
– COOH, C
4
H
9
COOH va x.k.)
molekulaning gidrofob xossasi ortib borishi hisobiga suvda eruvchanligi kamayadi
va sirt tarangligi ancha pasayadi. Moddalarning bu xususiyatiga qarab suvda
yaxshi va yomon erishini aniqlash mumkin.