8.2. KICHIK KORXONALARDA BUXGALTERIYA
HISOBINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish bevosita kichik korxo-
nalarning taraqqiyoti bilan bog‘liq. Kichik korxonalarning hisob ishlarini
ixchamlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan
tizimi ishlab chiqilgan.
Mikrofirmalarga mulkchilik shaklidan qat’i nazar, band bo‘lgan
xodimlarning o‘rtacha yillik miqdori ishlab chiqarish tarmoqlarida 10
141
kishiga qadar, savdo, xizmat ko‘rsatish hamda noishlab chiqarish
sohasining boshqa tarmoqlarida 5 kishiga qadar bo‘lgan korxonalar
kiradi.
Kichik korxonalarga mulkchilik shaklidan qat’i nazar, band bo‘lgan
xodimlarning o‘rtacha yillik miqdori sanoat sohasida 40 kishiga qadar,
qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 20
kishiga qadar, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish
sohasining boshqa tarmoqlarida 10 kishiga qadar bo‘lgan korxonalar
kiradi.
Kichik korxona o‘z ishlab chiqarishi va boshqaruv ehtiyojlaridan,
ularning murakkabligi va ishlovchilar sonidan kelib chiqqan holda,
tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shaklini mustaqil
tanlaydi. Bunda kichik korxona buxgalteriya hisobining registrlarini
quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishining xususiyatlariga
mustaqil ravishda moslashtirishi mumkin:
– yagona uslubiy asos (ikki yoqlama yozuv qoidasi);
– tahliliy va jamlama hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog‘liqligi;
– barcha xo‘jalik muomalalarini registrlarda yalpi aks ettirish;
– birlamchi hisob hujjatlari asosida hisob, birlamchi hujjatlar ma’lu-
motlarini kichik korxonani boshqarish va uning xo‘jalik faoliyatini
nazorat qilish, shuningdek, buxgalteriya hisobini tuzish uchun zarur
bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha to‘plash va bir tizimga solish;
Kichik korxonalar buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishda
«Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob
yuritish va hisobot tuzish tartibi to‘g‘risida» 20-son BHMAdan foyda-
lanadi. Kichik korxonada birlamchi hisob axborotining muayyan moddiy
boyliklarni olib kelish yo‘li bilan barcha xo‘jalik muomalalarini yalpi
hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib
hisoblanadi.
Kichik korxonalar amalga oshiriladigan muomalalarni hujjatlashtirish
uchun birlamchi hisob hujjatlarining namunaviy shakllari, idoraviy
shakllari, shuningdek, tegishli namunaviy shakllarga nisbatan mustaqil
ishlab chiqilgan, majburiy rekvizitlari mavjud bo‘lgan va amalga
oshirilgan muomalalar hisobida to‘g‘ri aks ettirishni ta’minlaydigan
shakllarni qo‘llashlari mumkin.
Buxgalteriya hisobining birlamchi hisobida qo‘llaniladigan
hujjatlarning majburiy rekvizitlari quyidagilar: hujjatning nomi, tuzilgan
sana, xo‘jalik muomalasining mazmuni, xo‘jalik muomalasining o‘lchov
birligi (miqdoriy yoki qiymat ifodasida), xo‘jalik muomalasini amalga
142
oshirish va uni to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor
shaxslarning ism-sharifi, shaxsiy imzolari va boshqalar.
Soddalashtirilgan tizimda hisob ishlari quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi:
– Boshlang‘ich hujjatlardagi hamda buxgalteriya hisobi registrlari-
dagi ma’lumotlarni ro‘yxatga olish.
– Buxgalteriya hisobotini tuzish.
– Korxona uchun zarur boshqa axborotni olish uchun buxgalteriya
hisobi registrlari ma’lumotlaridan foydalanish.
Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan
shaklida hisob registrlarining quyidagi ikki turidan foydalanish mumkin:
1. Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari;
2. Tegishli hisob obyektlarini hisobga olish qaydnomalari.
Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari tahliliy va jamlama
hisoblar registri bo‘lib, uning asosida kichik korxonada muayyan sanada
mablag‘lar mavjudligi va ularning manbalarni belgilash va buxgalteriya
hisobini tuzish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari
kombinatsiyalashgan registr ham bo‘lib, kichik korxona tomonidan
qo‘llaniladigan barcha buxgalteriya schyotlarini o‘z ichiga oladi, ularning
har biri xo‘jalik muomalalarining hisobini yuritish imkonini beradi.
Bunda u balansning tegishli moddalari mazmunini asoslash uchun
batafsilroq bo‘lishi lozim.
Kichik korxona daftarni qaydnoma ko‘rinishida yuritib, uni har oy
uchun yoki muomalalar hisobi butun hisobot yili uchun yuritiladigan
daftar shaklida ochishi mumkin, bu holda oxirgi sahifasiga daftardagi
mavjud sahifalar soni yoziladi, u rahbar va bosh buxgalterning imzolari,
shuningdek, kichik korxona muhrining izi bilan tasdiqlanadi.
Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari yil boshida (korxona
faoliyati boshida) aktivlar va passivlarning har bir turi bo‘yicha mavjud
bo‘lgan qoldiqlar summalari qaydi bilan ochiladi. So‘ngra «Muomala
mazmuni» ustunida oy qayd qilinadi va xronologik tartibda pozitsiyali
usul bilan har bir birlamchi hujjat asosida oyning barcha xo‘jalik muo-
malalari aks ettiriladi. Bunda Daftarda «summasi» ustuni bo‘yicha qayd
etilgan har bir muomalaga doir summalar bir vaqtning o‘zida tegishli
vositalar turlari va manbalarini hisobga olish schyotlarining «Debet» va
«Kredit» ustunlari bo‘yicha ikkiyoqlama yozuv bilan aks ettiriladi.
Vositalar va ularning manbalari debet va kredit oborotlarining bir
oy uchun yakunlari hisoblanganidan so‘ng ularning har biri bo‘yicha
keyingi oyning 1-kuniga saldosi chiqariladi.
143
Barcha schyotlar debet oborotlarining umumiy yakuni kredit obo-
rotlarining umumiy yakuni va «Nazorat summasi» yakuniga teng bo‘lishi
kerak.
Soddalashtirilgan shakl bo‘yicha hisobni tashkil etish uchun kichik
korxonalar schyotlar rejasi asosida xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya
hisobi schyotlari ish rejasini tuzishlari zarur. U kichik korxonaga asosiy
vositalar va ular manbalarining hisobini asosiy bosh schyotlardagi
buxgalteriya hisobi registrlarida yuritish va bu bilan umuman buxgalteriya
hisobi ma’lumotlarining to‘g‘riligi ustidan nazoratni ta’minlash imkonini
beradi.
Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobi ishlab chiqarish faoliyati-
ning katta va kichikligiga qarab tashkil qilinadi.
Bular ikki turga bo‘linadi:
1. Soddalashgan shakl.
2. Sanoat ishlab chiqarishiga o‘xshagan jurnal order shakli.
Oddiy xo‘jalik jarayoniga xos bo‘lgan yoki noishlab chiqarish
korxonalarida xo‘jalik jarayonlarining soni har oyda 30–40 ta operatsiyani
tashkil etsa, buxgalteriya hisobining soddalashgan formasidan foyda-
laniladi.
Dastlabki hujjatlar
Xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish jadvali
Vedomostlar
Analitik va sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomosti
Soddalashtirilgan formasining 2 varianti 60–80 jarayon sodir
bo‘lganda yuritiladi
Dastlabki hujjatlar
Xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish jadvali, vedomostlar
Jurnal order
Buxgalteriya balansi
144
Do'stlaringiz bilan baham: |