III. Мusobaqani o`tkazishga rahbarlik 6. Мusobaqalarni o`tkazishga umumiy rahbarlik vazirlik tomonidan hamda
bevosita rahbarlik qilish O`zbekiston kurash federatsiyasi (bundan buyon matnda
federatsiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
7. Мusobaqani o`tkazishda hakamlar hay`ati tarkibi federatsiya tomonidan
vazirlikka taqdim qilinadi. Hakamlar hay`ati tarkibi O`zbekiston Respublikasi
jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`I bilan tasdiqlanadi.
8. Мusobaqalarni adolatli va shaffof holda o`tkazilishi hakamlar hay`ati
zimmasiga yuklatiladi.
9. Мusobaqada ishtirok etuvchilarning hujjatlarini qabul qilish va
rasmiylashtirish federatsiya (uyushma)lar tomonidan amalga oshiriladi.