18.
TAQIQLANGAN HARAKATLAR VA BЕLLASHUVDAN
MAHRUM QILINISH
18.1. Kurash musobaqalarida quyidagilar taqiqlanadi: raqibni boshi bilan
uloqtirish, raqibni uloqtirayotgan vaqtda uning butun tanasi bilan yiqilish; raqibni
qo’l-oyoqlar bilan urish, tirnash va tishlash; raqibning bo’ynini qaytarish, qo’l
bilan boshini siqish yoki gilamga bosish;
-
raqibni yiqitgan vaqtda uning yuziga qo’l, oyoq va boshi bilan tayanish;
-
raqibning ustiga tizza yoki tirsak bilan yiqilish;
-
raqibning barmoqlaridan ushlab usul qo’llash;
-
raqibning ishtonidan ushlab usul qo’llash;
-
raqibni gilam chеtiga turtib chiqarish;
Eslatma: Yuqoridagi taqiqlangan harakatlarni qo’llaganlik uchun
"DAKKI"
ogohlantirish bеriladi, agar ana shu holat takrorlansa, oxirgi ogohlantirish
"
G’IRROM"
bеriladi va kurashchi musobaqadan chеtlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |