16 – Qoida shartlarining qolgan istalgan buzilish holatlarida:
to`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish qaytadan amalga
oshiriladi.
17-QOIDA: Burchak to`pi To`pni burchakdan o`yinga kiritish o`yinni davom ettirish usullaridan biri
hisoblanadi.
Burchak to`pidan kiritilgan gol albatta hisobga olinadi, agar bu raqib
darvozasiga kiritilsa.
Burchak to`plari quyidagi hollarda belgilanadi:
176
To`p darvoza chizig`idan yerda yoki havoda to`liq kesib o`tgan bo`lsa va bu
to`pga so`nggi bo`lib himoyalanayotgan futbolchi tekkan bo`lsa. Bundan
oldin 10-qoidaga ko`ra to`p darvozaga kirmagan bo`lsa.