XALQARO KENGASH QARORI
Qaror 1.
Agar hakamning nizomiga asosan «7 tadan kam o`yinchi bo`lsa, unda
uchrashuvni boshlash mumkin emas» degan qoidaga amal qilinsa va 3 – qoidaning
qolgan barcha shartlariga amal qilingan holda o`yindagi jamoalar futbolchilarining
minimal sonini milliy assotsiatsiyalar aniqlash huquqiga ega.
Qaror 2.
O`yin davomida murabbiy yoki rasmiy shaxslar texnik maydon chegarasidan
chiqmagan holda maydondagi futbolchilarga taktik ko`rsatmalar berishi mumkin.
Izoh:
1870-yili birinchi marta 11 o`yinchi maydonga chiqdi. 1933-yili
birinchi marta 1-11 gacha o`yinchilar raqamda chiqishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |