Konstitutsiyaviy


-§.  Mitinglar,  yig‘ilishlar  va  namoyishlarda  ishtirok



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

3-§.  Mitinglar,  yig‘ilishlar  va  namoyishlarda  ishtirok 

etish huquqi

Har qanday mamlakatning (jamiyatning) taraqqiyoti ham, ta-

nazzuli ham fuqarolar faoliyatiga bog‘liq. Mamlakatda bo‘layotgan 

siyosiy  voqealarda,  iqtisodiy  jarayonlarda,  xalqaro  masalalarda 

fuqarolar  kuzatuvchi  sifatida  emas,  shu  jarayonlarning  ishtirok

-

chisi sifatida o‘z o‘rnini topsa, jamiyat rivojlanadi va bu rivojlanish 



fuqarolar taqdiriga ijobiy ta’sir qiladi. Demak, fuqarolarning siyosiy 

faollik asosida jamiyat hayotida ishtirok etishi zaruratdir.

Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga konstitutsiya va qonun

-

lar  asosida  beriladigan  va  kafolatlangan  siyosiy  huquqlar  orqali 



ta’minlanadi.

Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga berilgan ayrim huquqlar 

orqali amalga oshiriladi.

Jahon mamlakatlari tajribasida fuqarolarning jamiyat va davlat 

taraqqiyotiga  ta’siri  turli  shakllarda  amalga  oshiriladi.  Fuqarolar 

voqea-hodisalarga  ta’sir  etuvchi  vositalarga  erishish  uchun  uzoq 

vaqt  kurash  olib  borishgan,  natijada  ularga  miting,  namoyish, 

yig‘ilish o‘tkazish huquqi berilgan.

O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham demokratiyaning ajralmas 

xususiyatlaridan  bo‘lgan  va  fuqarolar  faoliyatini  ta’minlovchi  mi-

ting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. 

33-moddada: “Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Res-

publikasi  qonunlariga  muvofiq  mitinglar,  yig‘ilishlar  va  namo-

yishlar  shaklida  amalga  oshirish  huquqiga  egadirlar.  Hokimiyat 

organlari faqat xafvsizlik nuqtayi nazaridangina bunday tadbirlar 

1 Qarang: Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 

va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010. – 46-bet.



164

o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”, – deb belgi

-

langan.


Shu  moddaning  mazmuniga  e’tibor  bersak,  birinchidan,  mi-

ting,  yig‘ilish,  namoyish  fuqarolarning  ijtimoiy  faolligini  namo-

yon qilish usullari hisoblanadi. Ikkinchidan, mitinglar, yig‘ilishlar, 

namoyishlar faqat qonunga asosan o‘tkaziladi.

Miting,  yig‘ilish,  namoyishlar  o‘tkazish  natijasida  boshqa 

kishilarning,  fuqarolarning  manfaati,  huquqi  buzilmasligi  kerak. 

Masalan, shunday tadbirlar o‘tkazilishi natijasida transport haraka

-

ti  to‘xtab  qolsa  yoki  fuqarolar  o‘zlari  uchun  zarur  mashg‘ulotlar 



bilan  shug‘ullanish  imkoniyatidan  mahrum  bo‘lsa,  buni  boshqa 

fuqarolarning  manfaatiga  zarar  keltiruvchi  harakat  deb  qarash 

mumkin.

Miting, yig‘ilish, namoyishlar vaqtida qonun doirasidan chiqib 

ketish natijasida turli-tuman zararli holatlar, ya’ni mol-mulklarning 

nobud bo‘lishi, fuqarolarga jismoniy zarar yetkazish hollari uchrab 

turadi. Yoki ko‘pchilik to‘plangan vaqtda ularni tartibli ushlab tu

-

rish imkoniyati bo‘lmay qolishi natijasida chegaradan chiqib ketish 



oqibatida xavfsizlikka ziyon yetkazilishi mumkin.

Bu  holatni  keyingi  vaqtda  arab  mamlakatlarida  bo‘layotgan 

voqealar ham tasdiqlaydi.

Shuning uchun Konstitutsiyaning o‘zida hokimiyat organlari 

xavfsizlik  nuqtayi  nazaridangina  miting,  yig‘ilish,  namoyishlar 

o‘tkazishni to‘xtatib qo‘yishi, taqiqlashi mumkinligi belgilangan.

Miting, yig‘ilish, namoyish o‘tkazish tashkilotchilari bu tad

-

birlar  nima  uchun,  qaerda,  qachon  o‘tkazilishi  haqida  hokimiyat 



organlariga xabar berishi va tadbir o‘tkazishga ularning roziligini 

olishi qonun doirasida belgilangan.

O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksi  217-moddasi

-

da  “Yig‘ilishlar,  mitinglar,  ko‘cha  yurishlari  yoki  namoyishlar 



o‘tkazish tartibini buzish” uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Miting, yig‘ilish va namoyishlarning xavfsizlikka va fuqarolar 

manfaatiga  zarar  yetkazmasligi  nuqtayi  nazaridan,  ularni 

o‘tkazishga ruxsat berish yoki to‘xtatish, taqiqlash tartibi boshqa 

mamlakatlarning qonunlarida ham uchraydi.



165


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish