Konstitutsiyaviy


-§. Davlat tili, boshqa millatlarning tili, urf-odatlari



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

5-§. Davlat tili, boshqa millatlarning tili, urf-odatlari 

va an’analari hurmat qilinishi

Til  insonni  boshqa  jonzotlardan  ajratib  ko‘rsatuvchi  asosiy 

vositadir.  Undan  tashqari  u  –  millatni  aniqlashdagi  asosiy  vosita 

ko‘rsatgich. Tilning rivojlanishi, uning davomiyligi, boqiyligi undan 




84

foydalanuvchi millatning ma’naviyatiga bog‘liq. Lekin, til qo‘shimcha 

himoya qilinmasa, zaiflashib, oqibatda yo‘qolib ketishi mumkin. Buning 

misoli sifatida ittifoq davrini eslash mumkin. O‘zbek tili, sho‘rolar 

davrida  faqat  turmushda  ishlatiladigan  tilga  aylanib  qoldi.  Natija

-

da  ko‘plab  o‘zbek  millati  vakillari  boshqa  tilni  yaxshi  o‘rganishga 



e’tibor berib, o‘z ona tilini esdan chiqara boshladi. O‘zbek tili davlat 

miqyosida emas oilalardan ham siqib chiqarildi.

Shuning  uchun  Ittifoqning  oxirgi  yillarida  ilg‘or  fikrlovchi  zi

-

yolilar, demokratik kuchlar o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish 



orqali o‘zbek tilining mavqeini saqlab qolish uchun kurash olib bordi. 

O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish uchun kurash musta

-

qillik uchun kurashning debochasi bo‘ldi. Natijada 1989-yil 21-ok



-

tabrda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga 

davlat  tili  maqomi  berildi.  Bu  Ittifoq  davrida  mustaqillik  uchun, 

suverenitet  uchun  qilingan  eng  katta  harakat  edi.  Shu  paytdan 

boshlab o‘zbek tili rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi.

Amaldagi  Konstitutsiyamizning  4-moddasida:  “O‘zbekiston 

Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, – deb belgilandi. Bu qoida 

“Davlat suvereniteti” bobida bejiz belgilanmadi. Ma’lumki, davlat 

tiliga ega bo‘lish suveren davlatga xos xususiyat. O‘zbekistonning 

suveren davlat bo‘lishi bir tomondan o‘zbek tilining ta’minlanishi, 

rivojlanishiga  imkon  yaratsa,  o‘z  navbatida  aniq  tilning  (o‘zbek 

tilining) davlat tili maqomiga ega bo‘lishi suverenitetni ta’minlovchi 

vosita hisoblanadi. Suverenitet va davlat tili bir-biri bilan bog‘liq 

hodisadir (kategoriyadir).

O‘zbek  tilining  davlat  tili  maqomiga  ega  bo‘lishi, 


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish