bil xizmatni o‘tashga majburdirlar”, – deb belgilangan.
201
garalanmagan, u doimiy amalda bo‘ladi. Vatanni himoya qilish
burchiga fuqarolar Qurolli Kuchlar safida bo‘ladimi, boshqa yer
-
dami, undan qat’i nazar, amal qilishi shart. Mamlakat ichkarisida
ham, tashqarisida ham bu burch bajariladi.
Mamlakatning taraqqiyoti, xavfsizligi, fuqarolar xavfsizligi
mamlakatning mustaqilligiga bog‘liq bo‘lsa, mustaqillikni saqlash
vositalaridan biri – vatanni himoya qilish burchining to‘la bajari
-
lishi hisoblanadi.
Harbiy xizmatni o‘tash burchi ham vatanni himoya qilishni
maqsad qilib qo‘ysa-da, bu burchlarni bajarish shartlari alohida
qonunlarda belgilab qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Mu-
dofaa to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to‘g‘risida”gi qonunlari bu burchlarni o‘tash sharoitlarini belgilaydi.
Ularda harbiy xizmatga chaqirish uchun belgilangan yosh,
sog‘lig‘iga qo‘yiladigan talab, majburiy harbiy xizmat muddati,
xizmatchilarga yaratiladigan shartlar, kimlar harbiy xizmat
o‘tashdan butunlay yoki vaqtincha ozod qilinishi belgilangan.
Harbiy xizmatga chaqirishda faqat davlat manfaati emas,
fuqarolar manfaati, oila manfaati e’tiborga olinishi qonunlarda
belgilangan. Jumladan, majburiy harbiy xizmatga 18 yoshdan
27 yoshgacha, shu ishga yaroqli (sog‘ligi jihatidan) fuqarolar jalb
qilinadi.
O‘quv yurtlarida ishdan ajralgan holda ta’lim oluvchilar, ter
-
gov, surishtiruv o‘tkazilayotganda ishga daxldor fuqarolarning
harbiy xizmatga chaqirilishi kechiqtiriladi. Tug‘ishgan aka-ukalari-
dan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lganlar,
yakka-yagona o‘g‘il farzand bo‘lgan bolalar harbiy xizmatdan ozod
etiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan majburiy xizmat muddat
-
lari ham aniq belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyada belgilangan burchlarni bajarish mamlakat
taraqqiyotining garovi hisoblanadi. Konstitutsiyada belgilangan
burchlarning har biri boshqa fuqarolar huquq va erkinliklarini
buzmaslik, manfaatiga ziyon yetkazmaslik atrof-muhitni sog‘lom
saqlash, mamlakat iqtisodini rivojlantirish va eng muhimi, Vatanni
himoya qilish orqali mamlakat mustaqilligini saqlashni ko‘zda tu-
tadi. Burchlarni bajarish fuqarolarga havola qilinib, ular ixtiyoriy
202
bajarilmasa, majburlov choralari orqali bajariladi. Konstitutsiyada
belgilangan burchlarni bajarilishi aholining huquqiy ongi, huquqiy
bilimiga bog‘liq bo‘lib, undan davlat ham, barcha fuqarolar ham
manfaatdordir.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 225-moddasi
-
da “Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash” uchun jinoiy
javobgarlik va jazo belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: