Konstitutsiyaviy


-§. Konstitutsiyaviy huquq tizimi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

7-§. Konstitutsiyaviy huquq tizimi

Konstitutsiyaviy huquq konstitutsiyaviy-huquqiy institutlardan 

tashkil topadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy institut – o‘xshash turda

-

gi, lekin alohida mustaqil munosabatlarni tartibga soluvchi huqu



-

qiy normalar birikmasidir. Har bir konstitutsiyaviy huquqiy institut 

manbasi  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  prezidentlik  instituti 

manbasi,  Konstitutsiya,  Konstitutsiyaviy  qonun,  qonunlar  hisob-

lansa,  Vazirlar  Mahkamasi  (hukumat)  institutlarining  manbasi 

Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonun, qonunlar, Prezident farmo

-



22

ni, Konstitutsiyaviy sud qarori bo‘ladi. Xuddi shunday, shaxsning 

huquqiy holati, saylov institutlari manbalari ham turlicha bo‘lishi 

mumkin.


Konstitutsiyaviy-huquqiy  institutlar  mustaqil  turdagi  norma

-

lardan  iborat  bo‘lsada,  barcha  institutlar  o‘zaro  bog‘liq  va  yaqin 



aloqada  bo‘ladi.  Ularni  bir-biridan  butunlay  ajratib  bo‘lmaydi, 

ana  shu  asosda  yagona  konstitutsiyaviy-huquqiy  tartibga  solish 

ta’minlanadi.

Konstitutsiyaviy  huquq  tizimini  katta  daraxtga  o‘xshatish 

mumkin. Daraxtni shoxi, tanasi, bargi bo‘lgani kabi huquq tizimida 

ham turli tarkibiy qismlar mavjud. Daraxtning turli qismlari turli 

vazifani  bajaradi,  lekin  ularning  barchasini  biriktirgan,  hayotiy-

ligini ta’minlagan ildizi bor. Huquq tizimida ildiz vazifasini yago

-

na  konstitutsiyaviy  prinsiplar,  xalq  suvereniteti,  tabiiy  huquqlar, 



huquq va erkinliklar ustuvorligi, hokimiyat bo‘linishi, mustaqil sud 

hokimiyati o‘ynaydi. Bular barcha institutlarda o‘z aksini topgan.

Konstitutsiyaviy huquq tizimi, Konstitutsiya tizimi bilan bog‘-

liq  yoki  aytish  mumkinki,  Konstitutsiya  tizimi  konstitutsiyaviy 

huquq  tizimi  belgilanishida  asosiy  rol  o‘ynaydi.  Konstitutsiyaviy 

huquq tizimini tashkil etuvchi konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar 

ahamiyatiga qarab, tartib bilan joylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq tizimi quyi-

dagi  institutlardan  tashkil  topgan:  konstitutsiyaviy  tuzumning 

asosiy prinsiplari; inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkin

-

liklari va burchlari; jamiyat va shaxs; ma’muriy-hududiy va davlat 



tuzilishi; davlat hokimiyatining tashkil etilishi.

Bu institutlar, o‘z navbatida, o‘z tizimiga ega. Ya’ni, ular bir-

biri  bilan  bog‘liq,  lekin  mustaqil  institutlardan  iborat.  Masalan, 

“Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” 

instituti,  “Fuqarolik”,  “Shaxsiy  huquq  va  erkinliklar”,  “Siyosiy 

huquqlar”,  “Iqtisodiy  va  ijtimoiy  huquqlar”,  “Inson  huquqlari  va 

erkinliklarining  kafolatlari”,  “Fuqarolarning  burchlari”dan  iborat 

bo‘lsa, “Davlat hokimiyatini tashkil etish”, “O‘zbekiston Respub

-

likasi  Oliy  Majlisi”,  “O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti”, 



“Vazirlar  Mahkamasi”,  “Mahalliy  davlat  hokimiyati  asoslari”, 

“Sud hokimiyati”, “Saylov tizimi” va boshqa institutlardan iborat.




23


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish