Bilish predmeti – bu
izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan
jihatlar. Masalan, inson juda ko‘p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa
va hokazolarning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o‘rganishga o‘z
nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini,
tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadi va h.k. Binobarin,
tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo‘ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai
nazaridan shakllanadi.
Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub’ekti hisoblanadi, o‘z tarixiy mavjudligining zarur
shart-sharoitlari va asoslarini o‘zi yaratadi. Ijtimoiy-tarixiy bilish ob’ekti odamlar tomonidan
nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, ob’ektga aylanishdan oldin u yaratilishi,
shakllantirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |