«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri
ga imzo chekdi. Bu mustaqil O‘zbekiston tarixida
o‘qitish tizimiga jiddiy e’tiborni kuchaytirish borasida tashlangan yana bir dadil qadam bo‘ldi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Zero, davlatimiz rahbari «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan soha vakillariga
yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk
qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Shuning uchun ham, O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks
rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Jumladan,
maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlari, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish,
ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat jihatidan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Tom ma’noda, mazkur qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun 1997 yildan buyon amalda bo‘lgan
«Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi qonun xujjatlarini o‘rniga xorijiy
mamlakatlarning ta’lim tizimiga oid bo‘lgan tajribalarini inobatga olgan holda qabul qilindi.
Bugun O‘zbekistonda yangi taraqqiyot davriga o‘tilmoqda. Ha, yurtimizda yangi taraqqiyot davri
poydevori qo‘yilmoqdaki, bu poydevorning, poydevor ustiga qurilajak binoning qay darajada mustahkam va
muhtasham bo‘lishi yurt kishilarining intellektual salohiyatiga, ijodiy fikrlashiga, demak, ziyolilik darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Demokratik jamiyatda istalgan sohadagi yuksalish, albatta, huquqiy kafolatni, qonuniy asosni
taqozo etadi. Demak, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri mustaqil O‘zbekistonda ziyolilik darajasini
jahon standartlariga moslashtirish, bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o‘zgarishlar natijadorligini
ta’minlash maqsadida ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lgan huquqiy kafolat
namunasidir.
Ta’kidlash joizki, yangi tahrirdagi qonunda maorif tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish,
tizimni tubdan takomillashtirish va ta’limni xalqaro hamjamiyat bilan uyg‘unlashgan holda olib borish uchun
keng imkoniyatlar yaratish, o‘qitish sifatini yaxshilash maqsadlariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Jumladan:
1. Qonunda, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan
qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar qonun bilan kafolatlandi va ta’lim olish shakllarining
tasnifi (ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy); nazariy va
amaliy ta’limni uyg‘unlashtiruvchi dual ta’lim; oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; katta yoshdagilarni
o‘qitish va ularga ta’lim berish; jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar)
uchun inklyuziv ta’lim; o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olgan, uning yakunlari
bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tish mumkin
bo‘lgan eksternat tartibidagi ta’lim; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar
tayyorlash) kengaytirildi.
2. Nodavlat ta’lim xizmatlarini tashkil etishda tadbirkorlik subektlarining faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan ta’lim muassasalarining huquqiy maqomini
belgilash, “ta’lim kampus”larini tashkil etishda tadbirkorlik subektlarining ta’lim sohasida o‘z xizmatlarini taklif
etishiga keng imkoniyatlar yaratildi.
3. Ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari, ta’lim standartlari,
darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash, shuningdek, bilim berishda xorijiy ilg‘or tajribalardan foydalanish,
tarbiyada esa, milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish nazarda tutildi.
4. Ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomi, jumladan, ta’lim tashkilotlari –
ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, pedagogik xodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va
boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlarga ko‘proq etibor qaratildi. Shuningdek, ta’lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari ham e’tibordan chetda qolmadi.
5. Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari, o‘quv jarayoniga o‘quv rejalari va dasturlarini, ta’lim
sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar tartibga solindi.
Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari,
shuningdek, davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari
Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etilishi, nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish esa ularning
ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Ta’lim shakllarining kengaytirilishi, jumladan, dual ta’lim, inklyuziv ta’lim, eksternat tartibidagi ta’lim
kabilarning barchasi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar
bo‘lishiga olib keladi. Mazkur qonun bilan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishini tartibga
soluvchi bir qator qoidalar belgilangan. Jumladan, kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va
kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim,
malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim,
malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi,
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |