38.Metodik tavsiyalar -
ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini amalda tatbiq etish bo‘yicha qisqa va aniq
bayon etilgan takliflar majmuidan iborat metodik nashr.
39.Monografiya -
ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan bosma nashr.
40.Elektron nashr -
grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va boshqa axborot ob’ektlaridan
iborat bo‘lgan jamlanma.
41.Elektron o‘quv nashri -
ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni ijodiy va
faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy-amaliy bilim sohasiga moe ravishdagi tizimlashtirilgan
o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron nashr.
Do'stlaringiz bilan baham: |