O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


konsepsiyasining  zamonaviy  rivojlanish  bosqichi  sifatida



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/258
Sana13.01.2022
Hajmi3,87 Mb.
#355921
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   258
Bog'liq
Олий таълим МҲ МАЖМУА магистратура 2021 107 билан

konsepsiyasining  zamonaviy  rivojlanish  bosqichi  sifatida. 
Universitet  -  bu  fundamental  va  ko‘pgina  amaliy 
fanlar  bo‘yicha  mutaxassislar  tahsil  oladigan  oliy  ta’lim  muassasidir.  Qoidaga  ko‘ra  u  ilmiy-tadqiqot  ishlarini 
ham  olib  boradi.  Ko‘pgina  zamonaviy  universitetlar  o‘quv-ilmiy-amaliy  kompeks  sifatida  faoliyat  yuritadilar.  
Universitetlar o‘z tarkibiga ilmiy bilamlar asoslarini tashkil etuvchi turli xil fanlar yig‘indisini namoyon etuvchi 
bir nechta fakultetlarni birlashtiradi.   
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi bozor tomonidan sezilarli darajadagi bosimga duch kelmoqda: davlat va 
nodavlat  moliyalashtirish  nisbati  o‘zgarmoqda,  oliy  ta’lim  muasasalari  borgan  sari  byudjet  mablag‘larini  kam 
miqdorda  olib,  ular  homiylarni  ko‘proq  faol  ravishda  jalb  etish  hisobiga  moliyalashtirish  manbalarini 
dversifikatsiyalashga,  o‘qish  uchun  to‘lovlar  miqdorini  oshirishga,  shuningdek  o‘z  tadbirkorlik  faoliyati  va 
boshqa xo‘jalik faoliyati turlari hisobiga mablag‘lar topishga majbur bo‘lmoqdalar.  
Zamonaviy  universitet  jamiyatning  faol,  ko‘pqirrali  va  samarali  faoliyat  yurituvchi  instituti  bo‘lib,  bir 
vaqtning  o‘zida  uchta  yirik  vazifalarni  hal  etishi  lozim:  ta’lim,  ilmiy  va  innovatsion-tadbirkorlik.  Bunday 
universitetlarda  akademik  ta’lim  olish  bilan  bir  qatorda  bitiruvchilarning  tadbirkorlik  faolligini  ham 
rag‘batlantirish lozim, bu o‘z navbatida  universitetning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi bo‘lishiga imkon 
yaratadi
19
.  
Tadbirkorlik  universiteti  tarixi  Kaliforniyada  (XX  asrning  40  yillarining  oxiri  50  yillarning  boshlarida) 
Silikova  (Kremli)  vodiysini  yaratish  bilan  boshlanadi.  Buning  asosiy  maqsadi  Massachuseta  texnologik 
universiteti bilan biznes o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lgan.  
Yevropada  birinchi  tadbirkorlik  shaklidagi  birinchi  universitet  1994  yildan  Xalmers  universiteti 
(Geteborg) hisoblanadi.  
Birinchi  marta  “tadbirkorlik  universiteti  (institut)”  iborasi  britaniyalik  tadqiqotchi  Berton  Klarkning 
“Tadbirkorlik  institutlarini  yaratish.  Transformatsiyaning  tashkiliy  yo‘llari”  nomli  kitobida  qo‘llanilgan. 
“Tadbirkorlik  universiteti”  konsepsiyasining  muallifi  bo‘lib  Stenford  universiteti  professori  Genri  Iskovis 
hisoblanadi
20
.  
Tadbirkorlik universitetining asosiy qirralari  
1.  Tadbirkorlik  universitetlari  ijtimoiy  tadbirkorlik  bilan  shug‘ulanadilar.  P.  Druker  “tadbirkorlik  na 
fanga, na san’atga taalluqli emas - bu aniq faoliyat, amaliyot” deb hisoblanagan.  
Tadbirkorlik  universitetining  mazmun-mohiyatini  hatto  Y.Shumpeter  (1883-1950  yy.)  tomonidan 
aniqlangan quyidagi 4 ta jihat orqali ifodalash mumkin:  
-yangiliklar (innovatsiyalar)ga intilish;  
-tavakkalchilikni bilish;  
- o‘z kuchiga ishonish;  
-o‘z mustaqilligini his etish.  
Tadbirkor “kreativ buzish” bilan shug‘ullanadi va resurslarning yangi kombinatsiyalarini amalga oshiradi.  
2.
 
Tadbirkorlik  universiteti  o‘z  faoliyatini  moliyalashtirishning  ko‘pkanalli  tizimiga  ega.  Uning  asosiy 
manbalari:  1)  ta’lim  xizmatlarini    amalga  oshirish;  o‘quv-uslubiy  adabiyotlarni  nashr  ettirish  va  sotish;  3) 
mablag‘larni  biznesdan  qo‘shma  tijorat  loyihalarni  jalb  etish  orqali  topish;  4)  mintaqaviy  buyurtmalarni 
bajarishdan  tushumlar;  5)  davlat  buyurtmalari;  6)  bitiruvchilar;  7)  xalqaro  filantropik(homiylik,  xayriya) 
 
19
  Самойленко  К.А.  Перспективы  развития  инновационнопредпринимательских  университетов: 
http://ir.znau.edu.ua/bitstream/123456789/1983/1/
 
Nauk_chut_2014_3_177182.pdf.  
20
 Тазарбеков К.А.  К разработке « Дорожной карты трансформации университета «Туран» в инновационнопредпринимательский университет». 
Тезисы.- алматы: Университет «Туран», 2016. С. 5.  


78 
 
tashkilotlar.  Fandreyzing  (turli  maqsadlar  uchun  pul  mablag‘larini  yig‘ish).  Endaument  (xayriya  investitsion 
fondi, universitet hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlovchi juda muhim dastak).  
3.
 
Tadbirkorlik  universiteti  doimiy  ravishda  yangi  faoliyat  turlari  bilan  shug‘ullanish  borasidagi 
ya’ni,  raqobatchilikni  kuchaytirish  va  faoliyatni  diversifikatsiyalash,  marketing  xizmatini  yaxshilash  kabi 
tashabbuslar  bilan  chiqadi.  Shuningdek,  mavjud  (nazorat  qilinadigan)  resurslar  va  innovatsiyalar  doirasidagi 
imkoniyatlarni izlash, texnoparkli muhit va texnoparkcha tafakkur bilan shug‘ullanadilar.  
4.
 
Tadbirkorlik 
universiteti 
o‘zining  ichki  kuchiga(permamentli)  mos  holda  chuqur 
transformatsiyasini  amalga  oshiradi.  Tadbirkorlik  universitetibu  ambitsion  maqsadlar  +  samarali  tashkiliy 
o‘zgarishlardir. Tadbirkorlik tashkilotiga fan, ta’lim va innovatsiya o‘rtasidagi yangi balans kerak bo‘ladi.  
Innovatsiyaviylik  va  loyihali  yo‘naltirilganlik  ham  ta’limni  ham  ilmiy  tadqiqotlarni  o‘z  ichiga  qamrab 
oladi.  Natijada,  professionalizm  tushunchasining  o‘zgarishi  ro‘y  beradi.  Fanlararo  jamoaviy  ishlash  uslubi 
tasdiqlanadi. Ilmiy tadqiqotlarda asosiy e’tibor asosan amaliy tadqiqotlarga va innovatsiyalarni ishlab chiqishga 
qaratiladi.  
5.
 
Tadbirkorlik  universiteti  xalqaro  aloqalarni  qo‘shgan  holda  tashqi  muhit  bilan  o‘zaro  xatti-
harakatlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Tadbirkorlik universitetining hamkorlar bilan ko‘p tomonlama o‘zaro 
xattiharakatlarini  G.Iskovisning  “Uchala  spiral”  tamoyili  orqali  ko‘rib  chiqish  mumkin:  biznes,  hukumat, 
universitet.  
“Uchala spiral” modelining asosida G.Iskovisning quyidagi tasdiqlari yotadi:  
1)
 
biznes, hukumat va universitetning o‘zaro hamkorlikdagi tadbirkorlik faoliyatidagi imkoniyat tamoyili;  
2)
 
hukumat,  biznes  va  ta’lim  modelida  ular  bir-biriga  chambarchas  bog‘liq  bo‘lib,  innovatsion 
iqtisodiyotda universitet bosh rolni o‘ynaydi.  
3)
 
ko‘rsatilgan  sub’ektlar  orasidagi  o‘zaro  munosabatlar borgan  sari  yaqinlashib,  chegaralar bosqichma-
bosqich yo‘qolib bormoqda.   
Tadbirkorlik  universiteti  rolining  ortishi  bilimlarni  “generatsiyalash”  mexanizmni  shakllantirish  sifatida 
ularni  amaliyotda  qo‘llashgacha  olib  borishga  qodirligi  bilan  izohlanadi.  Bunda  akselaratsion  (kuchaytiruvchi) 
dasturlar,  asosan  yoshlardan  iborat  bo‘lgan  yangi  jamoalar  muvaffaqiyatli  starup  –  startaplar  (“jarayonning 
boshlanishi”),  spin-off  -  spinoflar  (“reklama,  xabar  jo‘natish”,  “hamkorlikdagi  natija”)  -tijorat  maqsadidagi 
takliflar uchun sho‘ba kompaniyalarni ajratish yo‘li bilan qayta tashkil etish muhim rol o‘ynaydi.  
Bugungi  kunda  tadbirkorlik  universitetlari  global  axborot  jamiyatida  va  xalqaro  aloqalarni 
mustahkamlashda, sivilizatsiyalararo sinegriya siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu 
borada  yevropaliklar  amerikaliklardan  o‘rganishgan  bo‘lishsa,  bizlar  ham  amerikaliklar  ham  yevropaliklardan, 
ham xitoyliklardan ham o‘rganishimiz lozim.   
Shunday qilib, tadbirkorlik universiteti – bu:  
birinchidan, universitet-o‘z missiyasi doirasida tadbirkor;  
ikinchidan, universitet-innovator. Uning sub’ektlari innovatsion, uning  
faoliyati  innovatsion,  uning  mahsuloti  innovatsion;  uchinchidan,  universitet-integrator.  Uning  barcha 
sub’ektlari  faoliyati  yakuniy  natijaga  yo‘naltirilgan  bo‘lib  mintaqaviy  hamjamiyatga  hamohang  tarzda  amalga 
oshiriladi. U yetakchi mahalliy va xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi “strategik birlashmalar”ning ishtirokchisi 
hisoblanadi.  
Adabiyotlar  va  muomalada  oxirgi  paytlarda  "tadbirkorlik  universiteti"    universitet  3.0  nomi  bilan  atalib 
rossiyalik  mutaxassislar    G.N.Konstantinov  va  S.R.Filonovich  tomonidan  berilgan  ta’rifga  ko‘ra,  tadbirkorlik 
universiteti - bu uchta sohada - bilimlarni yaratish, o‘qitish va bilimlarni amalda o‘zgartirish - yangi faoliyatni 
boshlash, ichki muhitni o‘zgartirish va tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarni o‘zgartirish orqali cheklovlarni 
yengib o‘tish uchun muntazam ravishda harakat qiladigan oliy o‘quv yurti
21
.   
A.O.Grudzinskiy  tadbirkorlik  universitetini  quyidagilar  deb  hisoblaydi:  1)  o‘z  faoliyatida  maqsadli 
innovatsiyalarga  asoslangan,  xavf  va  dinamik  talab  sharoitida  ishlashga  qodir  bo‘lgan  tashkilot;  2)  rentabelli 
faoliyat olib boradigan va birinchi navbatda o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy jihatdan samarali 
tashkilot; 3) egiluvchan tarmoqqa ega liberal tashkilot; 4) asosiy omillar odamlar, guruhlar va ularning to‘liqligi 
bo‘lgan  tashkilot,  bunda  odamlar  ishi  foyda  va  havf  balansiga  asoslanadi;  5)  rahbariyati  birinchi  navbatda 
xodimlarning  harakatlarini  rejalashtirish  va  nazorat  qilishni  emas,  balki  tashkilotning  strategiyasi  doirasidagi 
faoliyatni  har  tomonlama  qo‘llab-quvvatlaydigan  tashkilot,  bu  uchun  rahbariyat  ijrochilarga  o‘z  huquq  va 
majburiyatlarini  imkon  qadar  topshiradi;  6)  iste’molchi  oldida  turgan  va  uning  talablariga  kiritilgan 
o‘zgarishlarga o‘z vaqtida va moslashuvchan javob berishga imkon beradigan tashkilot»
22
.  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish