Dars jadvallari.
Dars jadvallari dispetcherlik xizmatlari tomonidan uch xil shaklda tayyorlanadi:
umumiy, o‘qituvchi uchun va talaba uchun. Umumiy dars jadvali o‘quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlanadi
va o‘quv semestri boshlanishidan kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi. Quyida darslar jadvali shakli keltirilgan.
Professor-o‘qituvchilarga semestr uchun hafta kunlari, dars o‘tish sanalari ko‘rsatilgan darslar jadvalining
shaxsiy varaqasi beriladi. Dars jadvali varaqasi 2 nusxada tayyorlanadi, birinchisi – tyutorga beriladi, ikkinchisi
– o‘quv nazorati va rejalashtirish bo‘limida qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |