Umumkasbiy fanlar (GPRD)
TENT - Technology Entrepreneurship (Texnologik tadbirkorlik) – 6 kredit
Startapni rivojlantirish uchun texnologik bilimlar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘lagan holda
tadbirkorlikning tayanch ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Dastur quyidagi mavzularni qamrab olgan: tadbirkorlik,
ijodkorlik va texnologiyalarga kirish (texnologik tadbirkorlik asoslari, texnologik biznesda tadbirkorlikdagi
yetakchilik, shaxsiy tadbirkorlik modeli); biznes texnologiyasida ijodkorlik va impovizatsiya manbalari (biznes
texnologiyalaridagi kreativlik, tadbirkorlar jamoasini yaratish, guruhda ishlash); biznes-dizayn texnologiyasi (ilk
biznesni rivojlantirish metodologiyasi, biznes-model ishlab chiqish, biznes-modelni tekshirish, biznesni
texnologik moliyalashtirish, texnologik tadbirkorlikda intellektual mulk aspektlari, investorlarga biznes-modelni
jo‘natish).
Do'stlaringiz bilan baham: |