59.Mutaxassislik -
5A-bosqichning ta’lim dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan
egallangan va beriladigan “magistr” akademik darajasi doirasida kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishni
ta’minlovchi aniq mutaxassislik bo‘yicha bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar majmuasi.
60.Bitiruv malakaviy ishi -
bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabaning o‘qish davrida egallagan
nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi.
61.Uzluksiz ta’lim
- ta’lim turlari (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi,
oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va malaka oshirish, maktabdan tashqari ta’lim,) bo‘yicha ta’lim-
tarbiyaning mazmunan ketma-ketlikda va mantiqiy uzviylikda amalga oshirilishi.
62. Modernizatsiya -
yangilash, yangi tuzilmaviy, mazmuniy o‘zgarishlar qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |