73
132.Mumtoz adabiyotning asosiy tasvir manbai
nima? Ko’ngil
133.Radifi qaysi tilda yozilgan? Turkiy
134.Lirik qahramon barcha aybni nimaga to’nkaydi?
Ko’ngilga
135.G’azalning 2-6-baytida qanday she’riy san’at
qo’llangan? Tazod
136. "Ayoqinga tashar har lahza gisu" g'azali necha
baytdan iborat? 5
137. "Ayoqinga tushar har lahza gisu " g’azali qaysi vaznda
yaratilgan? Hazaji musaddasi mahzuf
138. "Ayoqinga tushar har lahza gisu " g’azalining taqte’si
qanday? V- - - V- - - V- -
139. "Ayoqinga tushar har lahza gisu " g’azalida qanday
badiiy san’at qo’llangan? Irsoli masal
140."Ayoqinga tushar har lahza gisu " g’azalida keltirilgan:
"Qo’rqar, qaydakim qon ko’rsa hindu " maqolining
bugungi kundagi muqobili qaysi qatorda berilgan?
Hindu qayda qon ko'rsa, qo'rqadi.
141.Yorning yuzi aytilmagan holda oppoq nur taratib
yonib turishi qaysi maqol orqali tasvirlangan? “Charog’
tubi qorong’u
142.Qaysi maqol orqali yorning yuzini ko’rishga ko’z
tutayotganligi aytilgan? Oqqan ariqqa oqar suv
143.3-baytda shoir yorning yuzini oy hamquyoshdan
ham ortiqligini ta’riflab, bunga qaysi maqolni keltiradi?
Kishining ko’zi ore tarozu
144.Yorning ko’zi oshiq qonidan qo’rqmayotganidan
ajblanib qaysi maqolni keltiradi? Qo’rqar qaydakim qon
ko’rsa hindu
145.Lutfiyning dardi yor dardiga yetish sababini qaysi
maqol orqali tasvirlaydi? Tilagan kishi tilagiga yetadi
146.G’azalning qaysi baytlarida yuz tasvirlangan? 3ta
baytida 1,2,3
147. "Qomatimni necha qoshing yoqila, Necha hajr o'ti
jonimda yoqila. G ’amza birla to’kti qonim ul sanam, To
hinodek qon elina yoqila ". Ushbu to'rtlik janrini
aniqlang. Tuyuq
148.Ko’ngluma har yonki boqsam, dog’i bor, Har necha
dardimni desam, dog’i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor
edi, Bir sori bo’ldi firoqing, dog’i bor. Tuyuqda qo’llanilgan
shakldosh so’zlarning ma`nolari ketma-ket qaysi qatorda
to’g’ri berilgan? dog’i bor – otashi bor – tag’in bor
149. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, Vah, qachon
yetkaymen ul dilbanda men. Bevafolarg’a meni qilding
asir, Sen menga sultonsen, ey dil, banda men. Tuyuqda
qo’llanilgan shakldosh so’zlarning ma`nolari ketma-ket
qaysi qatorda to’g’ri berilgan? bog’lanib qolmoq –
dilbandga men - bandaman
150.Charxi kajraftor elidin yozamen, Chiqmadim hijron
qishidin yoza men. Bir meni yorliq bila yod etmas ul, Har
necha ul shahg’a qulluq yozamen. Tuyuqda qo’llanilgan
shakldosh so’zlarning ma`nolari ketma-ket qaysi qatorda
to’g’ri berilgan? shikoyat qilaman – yozga men – bitaman
151. Qomatimni necha qoshing yo qila, Necha hajr o’ti
jonimda yoqila. G’amza birla to’kti qonim ul sanam, To
hinotek qon elina yoqila. Tuyuqda qo’llanilgan shakldosh
so’zlarning ma`nolari ketma-ket qaysi qatorda to’g’ri
berilgan? kamon qiladi – yoqiladi – surtiladi
152.Ey ko’ngul, yorsiz sanga ne bor, bor, Qaydakim ul zulfi
anbar bor, bor. Chek jafo-u javr-u nozin borini, Bir kun
o’lg’aykim, degaylar: “Bor-bor!” Tuyuqda qo’llanilgan
shakldosh so’zlarning ma`nolari ketma-ket qaysi qatorda
to’g’ri berilgan? Mavjud – borgin – jo’na
153. Qoshlaring xush lojuvard-u toq erur, Xush ichinda
benazir-u toq erur. Torta olmasman firoqing, netayin,
Qilcha tanga bori ishqing toq erur. Tuyuqda qo’llanilgan
shakldosh so’zlarning ma`nolari ketma-ket qaysi qatorda
to’g’ri berilgan? yolg’iz – yakka-yu yagona – toqatim toq
154. Tajnisli tuyuq namunalarini yaratgan shoirlarni
belgilang. Lutfiy, Navoiy, Bobur, Munis
155.Arabiy, forsiy va tukriy adabiyot uchun birday xos
bo’lgan lirik janrlar qatorini belgilang. ruboiy, qit'a,
musammat ,fard, g’azal
156.Tuyuqda qofiya vazifasini nima o’taydi? Tajnisli
so’zlar
157.Mumtoz she’riyatda qofiyaning tartibi nimadan
kelib chiqadi? Janr tabiatidan
158. Muayyan tartibga solingan matn nima deyiladi?
Nazm
159.Nazmning birinchi talabi nima? Vazn
160.O’zbek she’riyatining asl nazmi nima? barmoq
161. Xalq og’zaki ijodi an’analari qaysi vaznda yozilgan?
Barmoq
162. XI asrda kimlarning asarlari barmoq vaznida
yozilgan?
M.Qoshg’ariy,
A.Yassaviy,Sulaymon
Boqirg’oniy
163. Nechanchi asrdan yozma she’riyatimiz namunalari
aruz vaznida yozila boshlagan? XI asdan
164.Barmoq vaznining ikki muhim xususiyatini sanang
misralaragi bo’g’inlar soni teng kelishi kerak, misralar
muayyan turoqlarga bo’linishi kerak
165. Arab she’riyatining asosiy vazni qaysi? Aruz
166. Aruz vaznida hijolar necha xil bo’ladi? 3xil qisqa,
Cho’ziq, o’ta cho’ziq
167.Aruz vanining eng muhim xususiyatlaridan biri
nima? rukn
168. Aruzning qat’iy qoidasi nima? Birinchi misrada
qanday ruknlar ishtiroketgan bo’lsa, she’roxirigacha
barcha misralarda xuddi shunday ruknlar ishtirok etadi.
169 Aruzning eng ko’p qo’llanadigan vaznlari qaysi?
Ramal, hazaj, mutaqorib
170. Ramalning asosiy rukni nima? foilotun
171.Hazajning asosiy rukni nima? mafoyilun
172.Mutaqoribning asosiy rukni nima? faulun
173.Turkiy adabiyotda paydo bo’lgan janr? Tuyuq
174.Tuyuq janrining asosiy qoidalari? 4misradan iborat
bo’lishi, ruboyi kabi qofiyalanishi, aruzning ramali
musaddasi mahzuf vaznida yozilishi, qofiyaga olingan
soz’lar tajnisli bo’lishi
175.Arabiy va forisiy adabiyotda mavjud bo’lmagan,
faqat turkiy tillarda mavjud bo’lgan janirni aniqlang.
Tuyuq
176. Tuyuqning taqe’tesini qanday bo’ladi? –V- - / -V - -
/- V – (yoki V-~)
177.Tuyuq janrining qaysi sharti nisbatan keying
davirda yuzaga kelagan? To’rtinchi sharti
178. Lug’aviy jihatdan jinsdosh, ya’ni shakildosh
ma’nosini anglatadigan badiiy san’at turi? Tajnis
Do'stlaringiz bilan baham: