Импорт (Import) Hujjatga tasvirlar joylashtirish imkoniyatini beradi.
Bunda ekranda Импорт (Import) muloqot oynasi ochiladi. Ochilgan oynada
bir nechta tasvirlarni bir vaqtning o‗zida (Shift va Ctrl tugmalaridan
foydalangan holda) tanlab, Импорт (Import) tugmasi yordamida hujjatga
joylashtirish mumkin. Agar tasvir katta o‗lchamlarda bo‗lsa, uning faqatgina
belgilangan qismini ham hujjatga qo‗yish mumkin. Buning uchun Импорт
(Import) tugmasidan ochiladigan
Обрезать и загрузить (3.2-rasm)
bo‗limidan foydalanish mumkin.
3.2-rasm. Импорт oynasi
31
Экспорт (Export) Hujjat yoki belgilangan ob‘yektlarni boshqa formatlarda
saqlash imkoniyatini beradi. Сохранить как (Save As) buyrug‗idan saqlash
formatlari to‗plami bilan farqlanadi.