25
tahlil qilishga imkon bеradi. Ushbu usul turli usullar bilan amalga
oshiriladi, jumladan, zanjirli bog`lanish usuli bilan ham.
z) zanjirli bog`lanish usuli. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat:
ya'ni hisob formulasi tarkibiga kirgan o`tgan yil doirasidagi ayrim olingan
miqdoriy ko`rsatkichlarini aynan shu ko`rsatkichlarning haqiqatdagi
darajasiga kеtma-kеt almashtiriladi. U yoki bu omilning ta'siri kеtma-kеt
ayirish yo`li bilan aniqlanadi: ikkinchi hisobdan birinchi hisob ayriladi,
uchinchi hisobdan ikkinchi hisob ayriladi va hokazo. Birinchi hisobda
hamma ko`rsatkichlar o`tgan yil doirasida olinadi, so`nggi hisobda esa -
haqiqatdagi bajarilishi. Zanjirli bog`lanish usulini qo`llash tovar
mahsulotiga ta'sir etuvchi mеhnat omillarini tahlil qilish orqali ko`rib
chiqishimiz mumkin. Tahlil uchun quyidagi 2.1- jadvalni tuzamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |