Axborot makoni. Axborot makoni tushunchalarini quyidagicha ifodalash
mumkin:
1.
Elektron tarmoqlardan foydalangan holda paydo bo‘luvchi birlashgan
elektron axborot makoni.
2.
Axborot kommunikasiya texnologiyalari dunyoning zamonaviy ijtimoiy
hayotida yetakchi rol o‘ynaydigan sohalari. Ushbu ma‘noda axborot makoni
tushunchasi axborot muhiti tushunchasiga yaqinlashadi.
3.
Axborot oqimlari uchun aylanish makoni.
25
Axborot manbai . Axborot yuzaga kelishini identifikasiyalovchi obyekt.
Foydalanuvchi erkin olishi mumkin bo‘lgan va odatda ba‘zi muammoli
aniqlikka ega bo‘lgan u yoki bu axborot resurslari to‘plamining yagona
elementi.