Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Download 4,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/233
Sana13.01.2022
Hajmi4,67 Mb.
#355454
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   233
Bog'liq
qurilishda axborot texnologiyalari

Forma
» ni 
MB
siga ma‘lumotlar kiritish va chiqarish uchun ham   ishlatsa 
bo‘ladimi? 
10.
 
Elektron blank - forma tuzishning usullari qanday? 
11.
 
MBBT da hisobotlar qanday tuziladi? 
 
8-mavzu.  Fazoviy axborotlarni qayta ishlashda geoaxborot texnologiyalari 
Mavzu rejasi: 
 
1.
 
Kirish. 
2.
 
Dastlabki ma‘lumotlarni GIS uchun tayyorlash.  
3.
 
Rastrli tasvirlar 
 
Kartalar yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan 
bir  qatorda  keyingi  yillarda  Geografik  axborot  tizimidan  (GAT,  keyinchalik 
umumiy qabul qilingan iborada GIS so‘zi ishlatiladi) foydalangan holda kartalar 
yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda.  
Oddiy  qilib  aytganda,  GISga  tabiat  va  jamiyat  obyektlari  va  hodisalari 
haqidagi  topografik,  geodezik,  yer,  suv  resurslari  va  boshqa  kartografik 
axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil 
qilish,  yana  qayta  ishlashni  ta‘minlovchi  avtomatlashtirilgan  apparat-dasturli 
kompleks, deb ta‘rif bersa bo‘ladi.  
Barcha  GISlarda  ma‘lumotlarni  yig‘ish,  qayta  ishlash,  xotirada  saqlash, 
yangilash, tahlil qilish va ma‘lumotlarni kompyuter yoki yetarli darajada tasvir 
xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturli texnik vositalar orqali ushbu 
jarayonlarni  bajarish  usullari  e‘tiborga  olingan.  Demak,  GIS  —  turli  usullar 
bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma‘lumotlar bazasiga 
tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.  
Hozirgi paytda  foydalanish  sohalarining  kengligi  jihatidan  GISning tengi 
yo‘q  —  u  navigasiya,  transport,  qurilish,  geologiya,  geografiya,  harbiy  ishlar, 


99 
 
iqtisodiyot,  ekologiya,  mavzuli  kartografiya  va  boshqa  sohalarda  keng 
qo‘llanilmoqda. 
Bugungi  kunda  ilmiy  tadqiqotlar  va  amaliy  faoliyatda  ko‘plab  GISlar 
ishlatilib, ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan ularga GeoDraw 
GeoGraph,  (Geografiya  instituti,  Rossiya),  AtlasGis  va  WinGis  (AQSh), 
ArcInfo, MapInfo (AQSh) va boshqa dasturlarni keltirish mumkin. 
Umuman  olganda  kartalar  yaratishning  GIS-texnologiyasini  quyidagicha 
tasavvur qilsa bo‘ladi: 
1.
 
Tayyorgarlik  ishlari.  Elektron  taxeometrlar  va  GRS  asboblaridan; 
tasvirlarni  qayta  ishlash  vositalaridan;  izlanishlar  raqamli  ma‘lumotlaridan; 
avtorlik  originallardan;  mavjud  fond  kartalari  va  h.k.  dastlabki  materiallarni 
to‘plash.  Kartografik  va  fond  materiallarini  skanirlab,  rastrli  tasvirlarni  bir  xil 
masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.  
2.
 
Yaratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini va ularga tegishli jadvallarni 
tuzish, ularni tahlil qilish. Ma‘lumotlar bazasini tuzish. 
3.
 
Obyektlar  tasnifi  mavjud  jadval  (atributlar)  va  matn  ma‘lumotlarni  EHM 
xotirasiga kiritish.  
4.
 
Shartli belgilar tizimini ishlab chiqish. 
5.
 
Kartaning  mavzuli  qatlamlarini  joylashtirish,  kartografik  tasvirni  hosil 
qilish va ularni tahrir qilish. 
6.
 
Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. 
7.
 
Kartani nashr qilish. 
Biz  keng  tarqalgan  GISning  universal  tizimi  bo‘lgan 
MapInfo
  dasturidan 
foydalanib,  mavzuli  kartalarni  tuzishda  olib  boriladigan  ish  jarayonini  ko‘rib 
chiqamiz. 
MapInfo 
dasturi rus tilida tuzilgani uchun, uslubiy qo‘llanmada ushbu 
dasturni  boshqarish  elementlari  nomlarining  o‘zbek  tilidagi  tarjimasi  bilan  bir 
qatorda rus tilidagi atamalarini ham keltirishni lozim topdik.  
MapInfo
  GIS  dasturining  asosiy  xususiyati  —  uning  ommabopligidadir, 
ya‘ni bu tizim: grafik tasvirlarni o‘qish (ko‘rish) va ularga qayta ishlov berish; 
ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash; ma‘lumotlar bazasida qidiruv ishlarini amalga 
oshirish,  redaktorlik  ishlarini  bajarish;  kartografik  belgilarni  qurish; 
diagrammalarni  tuzish;  kartani  nashrga  tayyorlash  va  nashr  qilish  ishlarini 
bajarish imkoniyatiga ega. 
Dasturda  ma‘lumotlarni  ko‘rish  uchun  3  xil  darcha  mavjud:  matnli, 
kartografik va grafikli. Monitor ekranida bir yo‘la bir necha darchalar namoyon 
bo‘lishi  mumkin.  Masalan:  foydalanuvchiga  shahar  ko‘chalarini  tasvirlovchi 
planli kartografik darcha va unga xos bo‘lgan jadvallar matni darchasi. Ekranda 
hosil  qilingan  darchalar  faol  hisoblanadi.  Dasturning  yana  bir  xususiyati  — 
ularning bir-biri bilan uzviy, bevosita bog‘langanligidadir, ya‘ni biror darchada 
o‘zgarish bo‘lsa, boshqa darchalarda ham shunga qarab o‘zgarish bo‘ladi. Agar 
grafik  obyekt  va  unga  mos  keladigan  matnli  jadval  yozuvi  tanlansa,  u 
kartografik  darchada  ham  yoritiladi  va  aksincha,  kartografik  darcha  tasviri 
tanlansa — u grafik darchada ham yoritiladi. 


100 
 
Matnli  darcha  qator  va  ustunlarga  ega  bo‘lgan  jadval  ko‘rinishdagi 
elektron  darchadir.  Uning  har  bir  qatori  ma‘lum  yozuvni  aks  ettirib,  har  bir 
ustuni  ushbu  yozuv  maydonini  anglatadi.  Dastur  yozuvlarni  qo‘shish,  tahrir 
qilish,  yo‘qotish  imkonini  beradi.  Foydalanuvchi  darchadagi  kerakli  ustunlarni 
ko‘rish  uchun  tanlab  olishi,  o‘lchamlarini  o‘zgartirishi  mumkin.  Kartografik 
darcha boshqa ko‘pgina GISlar kabi qatlamli tasvirlashdan foydalaniladi. Har bir 
qatlamning  tavsifi  foydalanuvchini  talabidek  ko‘rsatilishi,  tahrir  qilinishi 
mumkin.  Tashqi  kartografik  darcha  matn  darchasi  kabi  jihozlangan.  U  boshqa 
darchalarni ko‘rsatish uchun gorizontal va vertikal aylantirish chizg‘ichiga ega. 
Grafik  darchadan  nuqtali,  chiziqli,  yuzali  va  boshqa  turdagi  obyektlar  bilan 
ishlash  uchun  foydalaniladi. 
MapInfo 
dasturi  hisobotlar  tuzish,  grafiklar  va 
diagrammalar  qurish,  statistik  ma‘lumotlar  bilan  kartalar  ishlab  chiqishning 
rivojlangan vositalariga ega. 
Dastur  mavzuli  kartalar,  shartli  belgilar  va  shriftlar  yaratishga  qodir. 
Ma‘lumotlar  bazasi  orqali  obyektning  sifat  va  miqdoriy  ko‘rsatkichlarni  aks 
ettiruvchi  shkalalar  tuzish  yo‘llariga  ega.  Bundan  tashqari,  dastur  kartalarning 
shartli belgilarini hosil qilish, ularni tushuntiruvchi yozuvlar bilan ta‘minlash va 
eng asosiysi, kartalarni tahrir qilish imkoniyatiga ega. 
MapInfo
 dasturi axborot-
ma‘lumotnomali turkumdagi shaxsiy GIS hisoblanadi.  
Yuqoridagi qayd etilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, 
MapInfo
 geografik 
axborot  tizimida  mo‘jiza  yaratsa  bo‘lar  ekan,  degan  fikr  paydo  bo‘ladi. 
Haqiqatan ham, so‘ralgan zahoti — ―Karta tayyor‖, degan javob chiqadi! Lekin, 
kartani tayyorlash jarayonida qanday texnologiyalar tanlanilishidan qat‘iy nazar, 
jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.  

Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish