Tola yo‘g‘onligi.
Qancha ingichka bo‘lsa, shuncha yuqori
pishiqikdagi ip olinadi. Yo‘g‘onligi 330 mteksdan yuqori va 133
mteksdan past kimyoviy tolalarni paxta bilan aralashtirish tavsiya
etilmaydi.
1.3 To‘qimachilik iplari
To‘qimachilik ipi
– to‘qimachilik
mahsulotlarini
ishlab
chiqarish uchun foydalaniladigan mustahkam, nisbatan ingichka va
katta uzunlikdagi jism.
Monoip
– uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan va bevosita
to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan
yakka ip.
Elementar ip
– uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan va kompleks
iplarning tarkibiga kiradigan yakka ip.
Kompleks ip
– ikkita yoki undan ko‘p elementar iplarni eshish
bilan yoki yelimlab olingan to‘da ip.
Yigirilgan ip
– to‘qimachilik tolalarini eshish yoki yelimlab
olingan ip.
Pishitilgan ip
–
ikkita yoki undan ko‘p kompleks iplarni
qo‘shimcha eshib olingan ip.
Do'stlaringiz bilan baham: |