(Javoblari: kitob, kit, it, toshbaqa,
Botir, olaqarg 'a)
42
www.ziyouz.com kutubxonasi
„ O S H I Q L A R VA M A ’S H U Q L A R “
S.ni yaxshi ko'rar M .
Yo‘lin poylab yotar tek.
Ko'rib qolsa qorasin
Bo‘lib oladi mushtdek.
B ning Q.ga mehri ham
Bo‘lakcha, ajabtovur.
U chratm oq-chun u Q.ni
Aylanar adir, zovur.
Shu M . va B. haqida
Qayerda ochilsa gap,
Ajabo, S. bilan Q.
Deyishar: — D af bo‘lsin, dafl
(Javoblari: sichqon, mushuk, bo'ri, q o ‘y)
T O P I S H M O Q L A R
Chiziq tortar qo‘ng‘ir qog'ozga
Uchi qo‘ng‘ir, jajji oq qalam.
Ko'rinmagach chizgan chizig‘i,
Yonib ketar chekkancha alam.
(
Gugurt)
* * *
Qushman, lekin ucha olmayman,
Ko‘k bag‘rini qucha olmayman.
Yuragimni kim tushunar, kim?
Tuyaga ham kelmas o‘xshagim!
(Tuyaqush)
* * ifc
Rangi sutdek oppoq gul,
Gulki, ukpardek yumshoq.
Choynak va piyolaga
Rasmi chizilar ko'proq.
(
Paxta)
43
www.ziyouz.com kutubxonasi
JO N L I SAVATCHA
(Ertak)
Shundoq o ‘rmon chetida,
o ‘tloq bo'yida
Chiroyli bir savatcha yotar qarovsiz.
Bandi pishiq va nafis, tuxumi ham bor,
Bunaqasin ehtimol ko'rmagansiz siz.
Ichidagi oq tuxum bir payt qimirlab,
Tumshuqchasin chiqardi
sho‘x jo ‘ja shodon.
Hayrat bilan olamga boqib turganda
Bo'yni qisilib qoldi,
qarang, nogahon.
Ana tashvish, ana g‘am,
ana mashmasha,
Chiqa olmas jo'javoy tuxumni yorib.
Uchib kelib yoniga shu chog‘ kapalak,
Yordam bermoqchi bo‘ldi —
unnadi horib.
Hatto qo‘ng‘izchaning ham
yetmadi kuchi,
Chorasini topolmay bo'ldi ko‘p halak.
Keyin ketdi yo'liga yelka qisgancha,
Orqasidan: „Shoshma!“ — deb
uchdi kapalak.
Chigirtka ham chirandi rosa chirillab,
Ag'darmoqchi bo‘ldi u tuxumni awal.
Qolib ketib oyog‘i uning ostida
Kayfiyati buzildi,
ozor yedi sal.
44
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jo'jadan picha uzoq turib chuvatchang
Maslahat betgan bo'ldi tashvishli qarab:
— Jim o'tirsang tuxumdan
chiqishing gumon,
Harakat qil,
o ‘tirma menga moMtirab.
Uchib kelib qandaydir
bir daydi chumchuq
Uraverdi tumshug‘in tuxumga tinmay.
Bergan yaqin yordami shu
bo'ldi uning —
Cho'qib oldi oxiri jo'jani bilmay.
Bu qandayin gap axir, bu qandayin gap?
Nahot ko'm ak berolmas
„tutqun“ga hech kim?
Ini tomon yo‘l olgan ziyrak chumoli
Turib qoldi jo'janing qarshisida jim.
Tezda reja tuzdi-da, o'rm onga qaytdi,
Yetib keldi zum o ‘tmay do'stlarin boshlab.
Birgalashib jo ‘jani tortib oldilar,
Ahillikda, birlikda,
haq rost, ko'pdir gap.
Jo‘ja, chumchuq, kapalak,
chuvalchang, qo‘ng‘iz,
Chigirtka-yu chumoli do ‘st bo‘lib qoldi.
Savatchani to ‘ntarib o'tlar ustiga
0 ‘zlariga ajoyib in qurib oldi.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi
TARJIMALAR
T U R O B N I N G T A K L IF I
Seret ovqat pishirib,
Katta laganga soldi.
— Qani, oling, oling, — deb
Bir fursat to ‘xtab qoldik.
Ko‘rib quvnar ko'zimiz,
Yutinamiz o ‘zimiz.
Ovqat qaynoq edi xo‘p
Chiday olmadi Turob:
— Endi buni yeyish-chun
Bizlarga kerak qo‘lqop!
Do'stlaringiz bilan baham: |