Biolog 10 indd


Qadimgi  Yunonistonda  tabiat  haqida  qarashlar



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/343
Sana13.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#354708
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   343
Bog'liq
@Kitob Darsliklar 10-sinf Biologiya

Qadimgi  Yunonistonda  tabiat  haqida  qarashlar.
 
Tabiat  haqida  qa-
dimgi  Yunoniston  va  Rimdagi  tasavvurlar.
  Qadimgi  Yunonistonda  tabiat -
shunoslikning  rivojlanishi  birinchi  muallim  nomini  olgan  Aristotel  (eramiz-
gacha  bo‘lgan  384–322-yillar)  hayvonlar  klassifi katsiyasining  asosini  tuzgan, 
solishtirma  anatomiya,  embriologiya  sohasida  dastlabki  fi krlarni  bayon  etgan 
hamda  organlar  korrelatsiyasi  va  tabiatdagi  asta-sekin  rivojlanish  to‘g‘risida 
ba’zi fi krlarni ilgari surgan. Uning fi kricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan 
rivojlanadi.  Aristotel  –  hayvonlarning  500  ga  yaqin  turini  bilgan  hamda 
hayvonot olamining klassifi katsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni tasnif-
lash da  ularning  ayrim  xossalariga  emas,  balki  ko‘p  belgilariga  e’tibor  berish 
kerakligini  e’tirof  etgan.  U  barcha  hayvonlarni  2  ta  guruhga  –  «qonlilar» 
va  «qonsizlar»ga  bo‘lgan.  Bu  guruhlar  hozirgi  «umurtqali»  va  «umurtqasiz» 
hayvonlarga to‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristo-
telning  katta  avlodlari  umurtqali  hayvonlarning  hozirgi  sinfl ariga  to‘g‘ri 
keladi. Olimning uqtirishicha, meduza, aktiniya, bulutlar tuzilishi jihatidan bir 
tomondan  hayvonlarga,  ikkinchi  tomondan  o‘simliklarga  o‘xshash.  Shuning 
uchun ularni Aristotel «zoofi tlar» deb atagan. «Hayvonlarning paydo bo‘lishi» 
asarida uqtirilishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi. U oldin zoofi tlar, 
keyin  umuman  hayvonlar,  so‘ng  o‘z  turiga  xos  tuzilishga  va  nihoyat  shaxsiy 
xossalarga  ega  bo‘ladi.  Uning  fi kricha,  qonli  hayvonlarning  barchasida  ichki 
organlar o‘zaro o‘xshash va bir xil joylashgan.
Aristotelning  shogirdlaridan  biri  Teofrast  o‘simliklarning  400  dan  ortiq 
turini  o‘rgangan.  Ularning  tuzilishini,  fi ziologiyasini,  amaliy  ahamiyatini  tas-
vir lab bergan. U bir o‘simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin degan fi krni 
quvvatlagan.
Rim  olimi  Lukretsiy  Kar  (er.av.  99–55)  olam  o‘z-o‘zidan  paydo  bo‘lgan, 
hayvonlar  nam  yerdan  kelib  chiqqan,  dastlab  ularning  mayib-majruh  xillari, 
keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini 
himoya  qiladigan  normal  hayvonlar  paydo  bo‘lgan  deb  hisoblagan.  Klavdiy 
Galen  (130–200)  tibbiyot  asoschilaridan  biri  bo‘lgan.  U  qo‘y,  it,  ayiq  va 
boshqa  umurtqali  hayvonlar  tuzilishini  o‘rgangan.  Maymun  va  odam  tana 
tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish