Hayotning biogeosenoz (ekosistema) darajasi.
Hayotning biogeosenoz
darajasining elementar birligi har xil turlarga mansub populatsiyalardir.
Bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro dinamik munosabatda bo‘lgan,
ma’lum maydonda tarqalgan o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya
turlarining yig‘indisi biogeosenoz yoki ekosistema deyiladi. Hayotning bu
darajasi ekosistemalar strukturasi, biotik munosabatlar, oziq zanjiri, trofi k
darajalar kabi xususiyatlar bilan tavsifl anadi. Bu xususiyatlar moddalar va
energiyaning davriy aylanishi, ekosistemalarning o‘z-o‘zini boshqarishi,
tirik organizmlarning muhit omillari bilan dinamik muvozanati, mavsumiy
o‘zgarishlar kabi jarayonlarda aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |