Biolog 10 indd



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/343
Sana13.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#354708
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   343
Bog'liq
@Kitob Darsliklar 10-sinf Biologiya

Tayanch so‘zlar: 
embrional rivojlanish, postembrional rivojlanish, yuvenil davr, 
pubertat davr, gomeostaz, bioritm, anabioz.
Savol va topshiriqlar:
1. Ontogenez davrlarini tushuntiring.
2. Maydalanish, blastula, gastrula va neyrula bosqichlarini izohlang.
3. To‘liq va chala o‘zgarishlar bilan kechadigan rivojlanishni taqqoslang.
4. Biologik ritmlarni ifodalang va misollar keltiring.
5. Anabioz nima, undan qanday foydalanish mumkin?
6. Gomeostazning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bering.
Mustaqil  bajarish  uchun  topshiriq:
  O‘zlashtirilgan  bilimlaringizga  asoslanib 
insonlar hayotidagi bioritmlarga misollar keltiring.
17-§.  IRSIYATNING  UMUMIY  QONUNIYATLARI.  G.MENDELNING 
IRSIYAT  QONUNLARI  VA  ULARNING  MOHIYATI
Genetika  barcha  tirik  organizmlarga  xos  bo‘lgan  xususiyat  irsiyat  va 
o‘zgaruvchanlik  qonunlarini  o‘rganuvchi  fandir.  Irsiyat  –  organizmning  o‘z 
belgisi  va  rivojlanish  xususiyatlarini  kelgusi  avlodlariga  o‘tkazish  xossasi 
bo‘lib, irsiyat tur doirasidagi individlarning o‘xshashligini ta’minlaydi. Irsiyat 
hayvonlar,  o‘simliklar,  mikroorganizmlarga  tur,  zot,  navning  xarakterli 
belgilarini avloddan avlodga saqlab borish imkonini beradi. 
O‘zgaruvchanlik  organizmlarning  individual  rivojlanish  jarayonida  yangi 
belgilarni  hosil  qilish  xossasidir.  Bir  tur  individlari  o‘rtasidagi  tafovutlar 
organizm  irsiyatining  moddiy  asoslari  o‘zgarishiga  bog‘liq.  O‘zgaruvchanlik 
tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi. O‘zgaruvchanlik tirik tabiatning 
xilma-xilligini  yaratib,  tanlash  uchun  material  yetkazib  beradi,  irsiyat  esa 


81
bu  xilma-xillik  orasidan  eng  moslanganlarini  saqlab  qoladi,  o‘zgaruvchanlik 
natijalarini  mustahkamlaydi.  Tiriklikning  bu  ikkala  xususiyatlari  –  irsiyat  va 
o‘zgaruvchanlik organik olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi.
Irsiyat  mexanizmlari  to‘g‘risidagi  dastlabki  fi krlar  G.  Mendel  nomi  bilan 
bog‘liq.
G.  Mendel  kashfi yotining  yaratilishidan  ancha  avval  sun’iy  duragaylash 
usuli  qo‘llanila  boshlagan,  belgilarning  dominantlik  xususiyatlari  kashf 
etilgan  bo‘lsa  ham,  irsiyat  qonunlari  aynan  shu  olim  tomonidan  yaratilgan. 
G.  Mendel  irsiyatni  o‘rganishga  yangicha  yondashdi,  gibridologik  analiz 
usulini  takomillashtirdi.  Gibridologik  (duragaylash)  usul  –  bir-biridan  keskin 
farq qiluvchi (alternativ) belgilarga ega bo‘lgan organizmlarni chatishtirish va 
bu belgilarning keyingi avlodlarda yuzaga chiqishini tahlil qilishga asoslangan.
Gibridologik  usulni  qo‘llashda  quyidagilarga  e’tibor  berish  kerak:  ayrim 
belgilar  (odatda  1  yoki  2  juft  alternativ  belgilar)  irsiylanishini  tahlil  qilish; 
duragaylash  uchun  sof  liniyalar  yoki  gomozigotalardan  foydalanish;  har  bir 
individdan  olingan  avlodni  alohida  tahlil  qilish;  juda  ko‘p  belgilardan  bitta 
yoki bir-birini inkor etuvchi belgilarni ajratib olish va ketma-ket keladigan bir 
qancha avlodlarda ularning yuzaga chiqishini aniq miqdoriy tahlil qilish.
G.  Mendel  no‘xat  (
Pisum sativum
)  o‘simligi  ustida  tajribalar  olib  bordi. 
Ushbu  o‘simlik  o‘z-o‘zidan  va  chetdan  changlanadi,  juda  ko‘p  muqobil 
belgilarga ega (44-rasm). 
sariq donli no‘xat        X      yashil donli no‘xat       =           sariq donli no‘xat
      
    
         
silliq donli no‘xat        X  burushgan donli no‘xat     =           silliq donli no‘xat
    
   
       
qizil gulli no‘xat         X        oq gulli no‘xat           =           qizil gulli no‘xat


82
barg qo‘ltig‘idagi gul   X      poya uchidagi gul         =      barg qo‘ltig‘idagi gul 
uzun poyali no‘xat      X       kalta poyali no‘xat       =      uzun poyali no‘xat
     oddiy dukkakli no‘xat    X bog‘imli dukkakli no‘xat  =       oddiy dukkakli no‘xat 
    yashil dukkakli no‘xat    X       sariq dukkakli no‘xat  =        yashil dukkakli no‘xat 
No‘xat  o‘simliklarini  ko‘p  marta  o‘z-o‘ziga  chatishtirish  natijasida 
G.  Mendel  sof  (toza)  liniyalarni  keltirib  chiqardi.  Ularni  o‘zaro  chatishtirib, 
keyingi avlodlarda belgilar irsiyatlanishini tahlil qildi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish