11.2. Yonadigan slanes noan’anaviy o‘g‘iti
O„rta Osiyo hududida yonuvchan slanesning katta zaxirasi bor, lekin
hozircha u foydalanilmaydi. Undan organik qismini (smola yoki nerozin) ajratib
olish mumkin. Organik qismi, asosan, azot saqlamaydigan organik birikmalardan
iborat. Nirozin bilan o„tkazilgan tajribalar shuni ko„rsatdiki, u tuproqning fizik
xossalarini biroz yaxshilaydi. Bundan tashqari, yonuvchan slanesni mineral
qismida bir qator makro- va mikroelementlar bor, ammo ular suvda erimaydigan
va o„simlik ola olmaydigan shaklda ekanligi ma‟lum. Agarda yonuvchan slaneslar
har xil namli go„nglar bilan kompostlansa, noan‟anaviy o„g„it hajmi va uni
tarkibida kul elementlari ko„payadi.
Olib borilgan tajribalar natijasiga ko‟ra, bunday o„g„it paxta pishishini 5-6
kunga tezlashtiradi va hosildorlikni 4-5 s/ga ko„paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |