8.5. G‘o‘zapoya va qovachoqdan tez tayyorlanadigan noan’anaviy o‘g‘it
Ma‟lumki, har yili respublikada katta miqdorda g„o„zapoya yetishtiriladi.
G„o„zapoya shundoq ham chorva mollariga yem-xashak, yoqish uchun o„tin
sifatida juda kerakli material hisoblanadi. Ammo dehqonchilik ekinlarining
vegetativ massalarini noan‟anaviy o„g„it shaklida foydalanilsa, tuproqdan olingan
oziq elementlarni yana dehqonchilik aylanish doirasiga qaytargan bo„lamiz.
G„o„zapoya va qovachoq muhim mahalliy qoldiq hisoblanib, asosan, maydalanib,
yerni shudgorlashda to„g„ridan-to„g„ri tuproqqa aralashtirib yoki go„ng bilan
kompostlab noan‟anaviy o„g„it sifatida foydalaniladi. G„o„zapoya va qovachoq
tarkibida o„simliklar uchun kerakli bo„lgan oziq elementlarni tutadi (5-jadval).
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |