1-variant:
kompostlash maydonchasida 50 sm qalinlikda zichlangan
qoramol, ot, qo„y go„ngi yotqiziladi va zichlanadi. Xom ashyo qancha ko„p bo„lsa,
yotqizilgan go„ng qatlami shuncha keng bo„lishi mumkin. Uyum uzunligi esa
maydon kattaligiga qarab davom etaveradi.
Go„ng qatlamining ustiga qiyin parchalanadigan maydalangan 1 sm
o„lchamdagi shox-shabba, qipiqlar, daraxt barglari, somon va g„o„zapoyaning
maydalangani, chuchuk suv loyqasi, sabzavot va poliz ekinlari vegetativ massasi (1
sm uzunlikda), gumusli tuproq 50 sm qalinlikda zichlanib yotqiziladi. Uning ustiga
yana go„ng qatlami zichlanib yotqiziladi. Uchinchi qatlamda yuqorida aytilgan
qoldiqlar maydalangan holatda to„kiladi va zichlanadi. So‟ngra yana go„ng va
chiqindilar qatlami va h.k. bilan uyumning balandligi 3 metrgacha yetkaziladi.
Oxirida uyumning usti qamish, sholipoya poxoli, o„tlardan to„qilgan buyralar, havo
o„tkazuvchi qoplar, pleyonkalar bilan berkitiladi. Albatta, namlik va harorat
kuzatib boriladi. Namlik uyumning hamma qismida 60%, harorat 70
0
C dan
oshmasligi kerak.
2-variant.
Eng avvalo, sekin chiriydigan materiallar (qipiqlar, barglar, shox-
shabalar, somon, chuchuk suv loyqasi, kanalizatsiya qoldig„ining qattiq qismi,
g„o„zapoya, sabzavot va poliz ekinlarining vegetativ qismi va hosil qoldiqlari,
sholipoya va h.k.) 50 sm qalinlikda yotqizilib, o„g„itning tayyor bo„lishi qancha
muddatga mo„ljallanganligiga qarab zichlanadi yoki zichlanmaydi. Keyin namligi
45
50-60% bo„lishi ta‟minlanadi. Bu qatlamning ustiga ikkinchi qatlam sifatida 50 sm
qalinlikda go„ng yotqiziladi.
Qatlamlarning kengligi va uzunligi xom ashyo materiallari miqdorining ko„p
yoki ozligiga bog„liq. Bu qatlamni ham zichlash yoki zichlamaslik o„g„itning
tayyor bo„lishi qancha muddatga mo„ljallanganligiga bog„liq. Tezroq tayyorlash
uchun zarur bo„lsa qatlamlar zichlanmaydi, agarda vaqt ko„p bo„lsa zichlanadi.
Havo kamayib, namlik ko„p bo„lganda parchalanish nisbatan sekin boradi.
Uchinchi qatlam, ya‟ni sekin parchalanuvchi material, to„rtinchi qatlam va butun
uyum sekin parchalanovchi material bilan qoplanadi. Uyumning balandligi 2,5-3
metrdan baland bo„lmasligi kerak.
3-variant:
noan‟anaviy o„g„it tayyorlash maydonida birinchi bo„lib qo„pol
shakldagi material maydalangan shox-shabba, qipiq, daraxt barglari, somon,
g„o„zapoya, sabzavot va poliz ekinlarining vegetativ qoldiqlari, kanalizatsiyaning
toza qoldig„i, maydalangan va ivitilgan qog„oz hamda latta-puttalar 50 sm
qalinlikda (eni 2-3 m gacha, bo„yi material zaxirasiga qarab uzayib ketishi
mumkin) zichlangan holatda yotqiziladi.
Uning ustiga shu materialni oqizmasdan ushlab turadigan miqdorda
(kapiliyar nam sig„imi hajmida) suyuq go„ng to„shaladi. Uning ustiga 20-30 sm
qalinlikda chuchuk suv loyqasi, gumusga boy tomorqa yoki bog„ tuprog„i yoki
yig„ma sharbat yoyiladi. Kiyingi navbatda yana birinchi qatlam materiallaridan biri
50 sm qalinlikda yotqiziladi va suyuq go„ng bilan namlanadi. Uchinchi qatlam
ikkinchi qatlam singari bo„ladi. Shu tariqa qatlamlar ketma-ket yotqizilib,
uyumning balandligi 2,5-3 m bo„lguncha davom ettiriladi. Namlik va harorat
kuzatib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |