Geoxronologiya



Download 25,89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.01.2022
Hajmi25,89 Kb.
#354347
Bog'liq
Geoxronologiya - Vikipediya



Geoxronologiya

Geoxronologiya (geo... va xronologiya) (geologik yilnoma) — Yer poʻstidagi togʻ jinslarining

hosil boʻlish ketma-ketligi va yoshi haqidagi taʼlimot. Nisbiy va mutlaq G.ga boʻlinadi. Nisbiy G.

togʻ jinslarining Stensen qonuni deb atalmish ketma-ket qatlamlanish prinsipiga asoslangan. Bu

prinsipga koʻra ustida yotgan qatlam (choʻkindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati

buzilmaganda) pastidagidan yosh boʻladi. Intruziv togʻ jinslarining nisbiy yoshi qatlamli togʻ

jinslari bilan oʻzaro munosabatiga qarab aniqlanadi. Geologik kesimdagi qatlamlarning ketma-

ketligini aniqlash mazkur r-nning stratigrafiyasini tashkil etadi. Bir-biridan uzokda joylashadi

hududlarning stratigrafiyasini solishtirishda paleontologik metod ishlatiladi. Bu metod halok

boʻlgan hayvon va oʻsimliklarning jinslardagi toshqotgan qoldiqlarini oʻrganishga asoslangan.

Har qaysi davr uchun oʻziga xos hayvon va oʻsimliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. 19-asr

boshlarida togʻ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda paleontologik metodni birinchi marta U.

Smit (Angliya), J. Kyuvye (Fransiya) tatbiq etgan. Ch. Layel, Ch. Darvin va V. O.

Kovalevskiylarning paleontologiya sohasi boʻyicha i. t.lari paleontologik metodning asosini

yaratdi. Geologlar koʻp yillar davomida qilgai mexnati evaziga Yer poʻstida qatlamlar

yoʻnalishining umumiy ketma-ketligini aniqlashdi. Keyinchalik bu stratigrafiya shkalasi nomini

oldi. Shkalaning yuqori qismi (fanerozoy) paleontologik metod asosida puxta qilib tuzilgan,

pastki qismi uchun (tokembriy) toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saklanmaganligi sababli

paleontologik metod cheklangan boʻlib, natijada unchalik mukammal boʻlimlarga ajratilmagan.

Togʻ jinslarining metamorfizmi (oʻzgaruvchanlik) darajasi va b. belgilari boʻyicha tokembriy arxey

(yoki arxeozoy) va proterozoyga boʻlingan. Shkalaning fanerozoy qismi 3 guruhga (yoki

eratemalarga): paleozoy, mezozoy va kaynozoyga ajratilgan. Guruhlar oʻz navbatida

sistemalarga, sistemalar boʻlimlarga, boʻlimlar esa yaruslarga boʻlingan. Shkalaning bir necha

guruhlarni birlashtirgan qismi eonotema deb yuritiladi (mas, fanerozoy eonotemasi). Tokembriy

uchun shkalada eonotemalarni birlashtirgan akrotema berilgan. Stratigrafik shkala G. shkalasini

tuzish uchun asos hisoblanadi. Stratifafik shkalaning har qaysi boʻlimiga G. shkalasining maʼlum

boʻlimi mos keladi. Boʻlim (epoxa) yarus (asr)larga boʻlingan. Guruh (eratema) eraga toʻgʻri keladi.




Stratigrafik va unga moslashgan G. shkalasi 1881 y.da Italiyaning Bolonya sh.da ikkinchi xalqaro

geologlar kongressida tasdiqlangan va oʻsha vaqtdan butun jahonda umumiy hisoblanadi.

Keyinchalik paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi maʼlumotlar

asosida G. shkalasiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Mutlaq G.da togʻ jinslari va minerallarning radiometrik yoshi aniqlanadi. Ming va mln. yillar bilan

oʻlchanadi. Kimyoviy elementlarning radioaktiv parchalanishi tezligi doimiy boʻlib, tashqi muhit

taʼsiridan oʻzgarmaydi. Mutlaq G.ni 20-asr boshlarida fransiyalik P. Kyuri va angliyalik E.

Rezerford taklif qilishgan. Ular tomonidan mutlaq G.ga qoʻllanilgan prinsip ayni paytgacha

ishlatilmoqda. Mutlaq G.da radioaktiv parchalanishi uzok, yillar davom etadigan (mlrd. yil) uran va

toriy elementlari ishlatiladi. Tokembriyning G. shkalasi togʻ jinslarining mutlaq yoshini koʻp marta

aniqlab tuzilgan. Parchalanishning oxirgi mahsulotiga qarab mutlaq G.ning qoʻrgʻoshin, geliy,

argon, kalsiy, stronsiy va b., shuningdek radiouglerod metodlari mavjud. Bulardan qoʻrgʻoshin

(uran-toriyqoʻrgʻoshinli), argon (argon-kaliyli) va stronsiy (rubidiy-stronsiy) metodi koʻp

ishlatiladi. Qoʻrgʻoshin metodi minerallardagi (uraninit, monatsit, sirkon, ortit) radiogen

qoʻrgʻoshinni tadqiq qilishga asoslangan. Bu metod eng ishonarli hisoblanadi. Uning ijobiy tomoni

shundaki, mineralning yoshi bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uchta tenglama yordamida aniqlanadi.

Bu tenglama haqiqatga eng yaqin yoshni faqat bir marta oʻlchangan tenglama koniyat beradi.

Ayni paytda tenglamaning qiymati 137,7 ga teng va barcha mineral, togʻ jinslarida bir xil.

Radioaktiv minerallarda radiogen qoʻrgʻoshin bilan birgalikda oddiy qoʻrgʻoshin qoʻshimchalari

borligi sababli yoshni aniqlashda tuzatishlar kiritiladi. Qoʻrgʻoshin rudasishshg izotop tarkibi

boʻyicha aniqlangan yosh model yosh deb yuritiladi. Amalda model yoshning haqiqiy yoshga

mos kelishi yoki kelmasligi koʻpchilik konlarda kuzatilgan.

Argon metodi kaliyli minerallarda argonning radiogen toʻplanishiga asoslangan. Zarur

materiallarni osongina olish mumkin boʻlganligi sababli argon metodi koʻp ishlatiladi. Metodning

kamchiligi faqat ichki nazorat qilish imkonining yoʻqligidadir. Chunki argon metodida togʻ jinslari

va minerallarning yoshi fakat bitta tenglama orqali aniqpanadi.

Stronsiy metodi , 87Rb ni radioaktiv parchalanib 87Sr ga aylanishiga asoslangan. Bu metod kam

ishlatiladi.

Radiouglerod metodi 60000 yoshgacha boʻlgan turli geologik obʼyektlarning yoshini aniqlashda

muhim.


Absolyut G.ga oid tadqiqotlar katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari ilmiy

adabiyotlarda keng yoritiladi. Oʻzbekistonda G. sohasidagi ishlar H. M. Abdullayev nomidagi

Geologiya va geofizika instituti hamda Mineral resurslar institutida bajariladi. Oʻzbekistonning

gʻarbi va jan.dagi magmatik togʻ jinslarining mutlaq yoshi aniqlangan.



Download 25,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish